Reja: Kirish. shahar ekologiyasi fanining maqsadi, boshqa fanlar bilan bog'liqligi. shahar ekologiyasini yaxshilash yo'lida xissa qo'shgan dunyo olimlari. Dunyo shaharlarida ekologiya va gigiyenani rivojlanishi. hozirgi vaqtda ilmiy-texnika taraqqiyoti hayotda yangidan-yangi ekologik muammolarni keltirib chiqardi, jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabat tubdan o'zgardi. Mavjud ekologik muammolarni to'liq o'rganish va bartaraf etish maqsadida ekologiya fanining yangi tarmog'i bo'lmish Kommunal yoki shahar ekologiyasi fani shakllandi. shahar ekologiyasi fani rivojlanayotgan yosh fanlar qatoriga kiradi. shahar ekologiyasi fanining rivojlanib borishi albatta odamlarni ekologik, tibbiy, ijtimoiy fanlar bo'yicha tushunchalari hamda ularning dunyo qarashlariga bog'liq. Kommunal yoki shahar ekologiyasi shahar, posyolka, qishloq aholisi hayoti va sog'ligi bilan bog'liq bo'lgan va unga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etuvchi salbiy omillarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Kommunal ekologiya ko'p qirrali fan bo'lib, ilmiy asosga tayangan holda insonning (sixat-salomatligini saqlash) yashash sharoitini yaxshilash uchun turli ekologik talablar ishlab chiqadi, qonuniy ravishda bajarilishi zarur bo'lgan normativ hujjatlarni tayyorlaydi va turli vazirliklar yordamida ekologik hamda sanitariya-gigiyena qoidalari, ko'rsatmalar, qo'llanmalarni tasdiqlab, ularni amalda joriy qilinishini kuzatadi. Bu hujjatlarni asl maqsadi aholini ekologik va gigiyenik ahvolini yaxshilash, kishilar uchun qulay yashash muhiti yaratishdir. shahar ekologiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: Turar joylarni loyihalashtirish ekologiyasi. Atmosferani ekologik holatini yaxshilash. aholini toza ichimlik suv bilan ta'minlanishiga erishish. Suv xavzalarini ekologik holatini yaxshilash. Fizik omillarni ahamiyatini to'g'ri baholash va ulardan to'g'ri foydalanish. Jamiyat xizmatida bo'lgan binolarni ekologik va gigiyenik holatini yaxshilash. Kommunal ekologiya fani biologiya, sanitariya-gigiyena,meditsina, geografiya, astronomiya va shu kabi juda ko'p fanlar bilan chambarchas bog'lik. Albatta kommunal ekologiya fani kishilarga ta'sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy muhitni o'rganadi.Kishilar uchun qulay muhitni aniqlashga va yaratishga harakat qiladi. Odamlar zich joylashgan shaharlarda ekologik va gigiyenik ko'rsatkichlarni yomonlashuvi kishilar uchun katta xavf tug'diradi. Shu sababli kishilar zich yashaydigan shahar sharoitida kishilarni toza suv, 2. toza havo bilan ta'minlash, shovqin va epidemiyalarning oldini olish juda muhim. Kadim Turkistonda azaldan ekologik qarashlar mavjud bo'lib kelgan. Insoniyat o'z evolyutsiyasi davomida tabiat qonunlariga bo'y so'nib kelgan. Shu davrlar davomida inson tabiat qonunlarini o'rganib xam kelgan. Chunki bu tabiat qonunlarini o'rganmasdan yoki bu qonunlarga moslashmasdan yashab qolish mumkin emas. Inson shu tabiat qo'ynida yashar ekan, o'ziga qulay muhit yaratishga harakat qiladi. Ibtidoiy davrdan hozirgacha qurilgan uylar o'rtasida tafovut juda katta. Yashab o'tgan dunyo olimlari uy-joyni qanday qurish va qaysi muhitlarda qurish haqida o'z fikrlarini qo'l yozmalarda meros qilib qoldirganlar. Eramizdan ilgari 460-377 yillarda yashab o'tgan Gippokrat «havo, suv va joylar to'g'risida» nomli kitobida turar joylar havosini, tuprog'ini va suvini o'rganishni tavsiya qilgan u shunday deb yozadi: «Kimki biror ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.39 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.39 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: doc