Shahar maishiy va qattiq chiqindilari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish

Shahar maishiy va qattiq chiqindilari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish

O'quvchilarga / Ekologiya
Shahar maishiy va qattiq chiqindilari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish - rasmi

Material tavsifi

Shahar maishiy va qattiq chiqindilari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish Reja: Ekologik muammolar Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilaridan muhofaza qilish Sanoat korxona chiqindilari Ekologik muammolarni keskinlashuvi, qayta tiklanmaydigan energiya zahirasining tobora kamayib borishi, ularning tan narxi oshishi, organik chiqindilarni qayta ishlash, ularni issiqlik va boshqa turdagi energiyaga aylantirish muammosini tezroq hal qilishni biotexnologiyaning eng dolzarb masalalari qatoriga ko'tarib qo'ydi. Ma'lumki, hayvonlar o'simliklar asosida yaratilgan ozuqa energiyasini qiyin hazm qiladi va ularning yarmidan ko'prog'i organizmga so'rilmasdan axlat, go'ng holatida chiqib ketadi. Eng avvalo hayvonlardan chiqqan bu chiqindidan organik o'g'it sifatida foydalaniladi. Shuningdek, ushbu chiqindilardan energiya manbai sifatida foydalansa bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarda yirik shoxli hayvonlar yirik fermalarda va komplekslarda to'planib, boqiladi. Bu esa boshqa mahsulotlar qatori ularning chiqindilaridan atrof-muhitni ifloslantirmasdan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Hayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan oqilona foydalanishni yo'llaridan biri ularni anaerob sharoitda bijg'itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib, bir vaqtni o'zida uni eng muhim organik o'g'itlik sifatini saqlab qolgan holda, undan biogaz olish mumkin. Metanli bijg'itish yoki biometanogenez - biomassani energiyaga aylantirish jarayoni qadimqadimlardan ma'lum bo'lgan jarayondir. U 1776-yilda Volta tomonidan ochilgan bo'lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan borligini aniqlagan. Mana shu jarayonda hosil bo'ladigan biogaz 65% metan, 30% karbonat angidrid, 1% oltingugurt kislotasi (H2S) va unchalik ko'p bo'lmagan miqdorda azot, kislorod, vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi. Botqoq gazi, ba'zida klar-gaz ham deb yuritiladi, ko'k- havo rang berib alangalanadi, hid chiqarmaydi. Uni tutun chiqarmasdan alangalanishi insonlarga o'tin, hayvonlar tezaklari va boshqa yoqilg'ilarga nisbatan kamroq tashvish tug'diradi. 28 m3 biogaz energiyasi, 16,8 m3 tabiiy gaz, 20,8 l neft yoki 18,4 l dizel yonilg'isiga tengdir. Organik chiqindilarni anaerob bijg'itishga asoslangan tozalash inshootlarini birinchisi 1895 yilda Angliyani Ekzeger shahrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu inshootni sanitariya vazifasidan tashqari ko'chalarni yoritish uchun elektr energiyasi tayyorlash sarf bo'ladigan biogaz ishlab chiqarish bo'lgan. Chiqqindilarga anaerob ishlov berish uzoq vaqt suv tozalash stansiyalarini cho'kmalarini va chorvachilikni chiqindilarini mo'tadillash maqsadida ishlatib kelingan. Ammo, 1970 yillardagi energiya tangligi tufayli qishloq xo'jalik hayvonlari chiqindilaridan biogaz ishlab chiqarish g'oyasiga jiddiy qaraladigan bo'ldi. Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilaridan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan o'zviy bog'liqdir. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obyektlari chiqindilarni hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda chiqindilar tarkibida ko'pincha foydalanishga yaroqli ikkilamchi resurslarning yuqori ulushi mavjud bo'ladi. Shahar aholisining o'sishi, cheklangan hududda sanoatning to'planishi aholi istiqomat qiladigan hududlarda, ayniqsa yirik shaharlarda ekologik sharoitlarning yomonlashuviga sabab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 166.02 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 166.02 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga