Shaharlar ekologiyasi

Shaharlar ekologiyasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Shaharlar ekologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi bo'limi Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi bo'limi 1bosqich 11 - guruh talabasi Zohidova Nodira Mavzu: Shaharlar ekologiyasi Dunyoni, sayyoramizni kutilayotgan tabiiy va texnogen balo-qa'zolardan qutqarib qolish jahon jamoatchiligining, xalqaro hamjamiyatning dolzarb vazifalaridan bairiga aylandi. Yaqinda Amerikaning Bleksmit ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari Buyuk Britaniyaning «The Daily Telegraph» gazetasida chop etildi. Unda sayyoramizning eng ifloslangan o'nta shahri ro'yxati e'lon qilindi. Bu yerda gap shaharlar havosining, tuproq qatlamining zaharli sanoat chiqindilari, ya'ni kimyoviy moddalar changi va suyuqliklari bilan ifloslanish darajasi nazarda tutilmoqda. 1- o'rin Xitoy Linfen shahri Xitoydagi Linfen shahri ushbu «antireyting» ro'yxatida birinchi o'rinda turibdi. Bu shaharda ko'mir qazib olinadi va mahalliy korxonalarning barchasi undan yoqilg'i sifatida foydalanadi. Bu esa o'z o'rnida shahar havosini aql bovar qilmas darajada ifloslantirmoqda. Shu bois shahar aholisining o'tkir respirator va teri kasalliklari hamda o'pka saratoniga chalinishi ko'payib bormoqda. 2 - o'rin Xitoy Tyanjin shahari Xitoy shaharlaridan yana biri - Tyanjinga shahi qo'rg'oshin ishlab chiqarish markazi bo'lganligi sababli uning zaminida va havo tarkibida qo'rg'oshin belgilangan me'yordan 10 baravar ortib ketgan. Bu esa kasalliklar salmog'ini yildan-yilga oshirib bormoqda. 3 - o'rin Hindistonning Sukinda shahrida Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni Hindiston shaharlari «ishg'ol» etgan. Sukinda shahrida dunyodagi eng yirik xrom (och kulrang tusli qattiq kimyoviy element) koni mavjud bo'lib, bu kimyoviy element ochiq shaxtalarda qazib olinadi. Bu esa shahar aholisi sog'lig'iga yomon ta'sir etmoqda. Kishilar asosan oshqozon - ichakdan qon ketish, o'pka sili va astma bilan og'riydi. Bundan tashqari, pushsizlik va avlodlarning nuqsonli tug'ilishi ko'p qayd etiladi. 4 - o'rin: Hindistonning Vapi shahrida Hindistonning Vapi shahrida esa 50 dan ortiq sanoat korxonalari mavjud bo'lib, bu yerning ekologiyasi og'ir metallar, pestitsidlar va boshqa kimyoviy chiqindilar changlari bilan ifloslangan. Hatto yer osti suvlarida ham simob elementlari Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti belgilagan me'yorlardan yuz baravar ortib ketgan. 5 - o'rin: Perudagi La Oroyya shahri Perudagi La Oroyya shahri ifloslik darajasi bo'yicha beshinchi o'rinda. Bu yerda metall sanoati yaxshi rivojlangan. Ammo havosi qo'rg'oshin elementlariga boy. Hatto bolalar qonida ham qo'rg'oshin tarkibi belgilangan me'yordan ikki baravar ortiqligi aniqlangan. 6 - o'rin: Rossiyaning Dzerjinsk shahri Rossiyaning Dzerjinsk shahriga oltinchi o'rinni «tortiq» qilindi. Kimyo sanoati markazi hisoblanmish Dzerjinsk shahrida ekologiya qoidalari qo'pol ravishda buzilmoqda: kimyoviy chiqindilar daryolarga oqizilmoqda, yer ostiga ko'milmoqda. Shahar fuqarolarining o'rtacha umri Rossiyaning boshqa hududlarida yashovchi kishilarga qaraganda ancha past, o'lim darajasi esa bir baravar yuqori. 7 - o'rin: Rossiyaning Norilsk shahri Rangli metallurgiya markazi hisoblangan Norilsk havosini esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 213.33 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 213.33 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga