Shovqin va elektromagnit ifloslanishlar Reja: 1. Shovqin va uni inson organizmiga ta'siri, manbalari. 2. Elektromagnit ifloslanishlar va uni insonga ta'siri, manbalari. 3. Shovqin va elektromagnit ifloslanishlarning oldini olish. 4. Titrash, ultratovush va infratovushlardan himoyalanish. Tayanch iboralar: fauna, flora, Detsibal, «magnit bo'ronlari», LEP, sanzona. 1.Shovqin va uni inson organizmiga ta'siri, manbalari. Zamonaviy tsivilizatsiyani shovqinsiz tasavvur qilish qiyin. Biz shu shovqin sharoitida ishlaymiz, yashaymiz va dam olamiz. Shovqin katta-katta shaharlarning murakkab muammolaridan biridir. U nafaqat insonga, fauna va floralarga ham ta'sir qiladi. Allaqachon ma'lum bўlgan doimiy shovqinlarning insonga zararli ta'sir qilishi va xavfi mavjud bo'lib, u avvalo insonning eshitish organlarini izdan chiqaradi. Shovqinlarning xarakteriga qarab insonlarga turlicha ta'sir qiladi, ba'zilarning asab sistemasini izdan chiqarsa, ba'zilarga ruhiy ta'sir qiladi, qon bosimini oshirib yuboradi, ya'ni xolesterin miqdorini o'zgartiradi, buyrak faoliyatini buzadi, oshqozon faoliyatini ham buzadi hamda oshqozon yaralarini hosil qilib kuchli og'riq paydo qiladi. Quyida Kanadalik olimlar tadqiqotining natijalarini jadvalda keltiramiz: Frantsiya atrof-muhitni himoya qilish vazirligining 1982 yilgi ma'lumotiga ko'ra ishlab chiqarishda shovqin o'sha yil uchun 11% ish joyida baxtsiz hodisaga, 20% odam asab kasalliklari tufayli kasalxonalarga yotqizilgan. Ma'lumki shovqin A shkalasi bo'yicha detsiballarda (DB) ulchanadi. Insonning eshitish qobiliyati 17 Gertsdan (Gts) (infratovushlar) 200 Gerts (ultratovushlar) gacha bo'lgan to'lqinlarni qabul qiladi. Bu tovushlar past yoki baland bo'lsa inson qabul qilmaydi. Inson uchun odatdagi normal tovushlar 50-200 Gts hisoblanadi. Bundan past bo'lsa past tovushlar, baland bo'lsa shovqinli tovushlar hisoblanadi. Masalan, televizorning 70 DB tovushi kuchli tovush hisoblanadi; otboyny molotok (bolg'a) ning 120 DB tovushi juda kuchli; agar shovqin 130 DB ga yetsa og'riq beruvchi shovqin hisoblanadi. Undan ham balandi esa eshitish organlarini ishdan chiqaradi. Agar tovush 180 DB yetsa metalni yemira boshlaydi, 190 DB bo'lsa metall konstruktsiyalaridagi zaklyopkalar uchib keta boshlaydi. Boshqa kuzatishlar natijasiga ko'ra me'yoridan oshiq (78-85 DB) shovqin bo'lsa ish unumdorligi 1% ga kamayar ekan. Mutaxassis olimlarning fikricha shovqin nafaqat insonga balki hayvon va o'simliklarga ham juda salbiy ta'sir ko'rsatar ekan. O'simliklarning o'sishiga va hosiliga ta'sir qiladi. 2. Elektromagnit ifloslanishlar va uni insonga ta'siri, manbalari. Tabiiy elektromagnit maydonga Yerning elektromagnit maydoni kiradi. Geomagnit maydonining o'zgarishiga asosiy sabab quyosh aktivligining o'zgarishidir. Quyosh elektromagnit maydonining Yer elektromagnit maydoniga o'zaro ta'siri natijasida Yerning elektromagnit maydoni o'zgaradi va natijada «magnit bo'ronlari» vujudga keladi. Buning oqibatida odamlarning yurak va qon tizimlarida salbiy oqibatlar kuzatiladi. Bundan tashqari zamonaviy tsivilizatsiyaning ta'siri natijasida ba'zi bir joylarda elektromagnit maydonning ta'siri tabiiy ta'sirlardan 100 martalab oshib ketadi. Bu manbalarga shaharlardagi tele va radio uzatish qurilmalari, elektrotransport liniyalari, elektrouzatish liniyalari, sanoat toki chastotalari va ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.15 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.15 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: doc