Sur tusli qo'ng'ir tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi

Sur tusli qo'ng'ir tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi

O'quvchilarga / Ekologiya
Sur tusli qo'ng'ir tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Sur tusli qo'ng'ir tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi Olib borilgan tadqiqotlar va adabiyot manbalaridan ma'lumki, og'ir metallar tuproqning biologik, kimyoviy xossalariga, organik moddalariga, tuproq organizmlariga, biomassa va boshqa xossalariga ta'sir qiladi. Guzev va boshqalar o'rmon - podzol tuproqlaridagi R miqdorini aniqlab, bir qator xossalarini o'rgangan. Uning tadqiqotlariga ko'ra tuproq tarkibidagi 200 mgkg ko'rgoshin azotfiksatsiya jarayoniga sekinlashtiruvchi, 10 mgkg miqdori stimulyativ ta'sir qilgan. Navoiy viloyatining sug'oriladigan tuproqparining og'ir metallar bilan ifloslanish va bir qator xossalariga ta'sirini o'rganish bo'yicha SH.Axmedov (1997) tadqiqotlar olib borgan. U Navoiy shahri atrofida tarqalgan sur tusli qo'ng'ir tuproqlardan 0-200, 0-240 sm genetik qatlamlar bo'yicha turli masofalardan kesmalar qazigan va tuproqlarni makromorfologiya xususiyatlari va tuproq tarkibidagi og'ir metallar miqdorini o'rgangan (16-jadval). 16-jadval Sur tusli qo'ng'ir tuproq va o'simliklarda qo'rg'oshinningmiqdori, mgkg Olingan natijalarni tahlil etish mobaynida bir qonuniyatni aytish mumkinki, ifloslovchi manbaga nisbatan turli masofalarda og'ir metallar bilan ifloslanish turlicha bo'lib, ifloslanish manbasi atrofida ifloslanish darajasi bir muncha yuqori. Xuddi shu mexanizmga monand holda hududda tarqalgan o'simlik bargi, poyasi va ildizida turlicha miqdorda uchraydi, bunga ko'ra o'simlik ildizida og'ir metal miqdori ko'p to'plangan, bu esa o'z o'rnida atmosfera havosiga nisbatan tuproq qoplamini kuchliroq ifloslanganligidan dalolatdir. Vaxolanki, o'simliklarni asosiy qismlari yer ustida bo'lib, ifloslanish omili ham ko'proq yer usti qismi orqali amalga oshadi. Tuproq qatlamlari esa og'ir metallar miqdori tabiiy holda pastki qatlamga tamon kamayib boradi. Og'ir metallar tuproq qoplamiga tushgandan keyin yillar davomida kompleks holda tuproqqa ta'sir etadi, bu o'rinda kompleks deyilganda bir necha xossalariga bir vaqtning o'zida ta'sir etishi tushuniladi. Og'ir metallarni tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta'sir etish mexanizmi shundayki, tuproqqa tushgan muayyan og'ir metan turi tuproq mikroorganizmlari faoliyatiga va biologik faolligiga ta'sir etadi. Natijada umumiy mikroorganizmlar nobud bo'lishi va biologik faolligi susayishi kuzatiladi. Yuqorida ifloslanish holatiga tavsif berilgan tuproqparning agrokimyoviy xossalariga og'ir metallar quyidagicha ta'sir qilgan (17-jadval). 17-jadval Sur tusli qo'ng'ir tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi Og'ir metallar tuproqning kimyoviy tarkibi va agrokimyoviy xossalariga ta'siri yaqqol sezilgan. Biroq og'ir metallarning zaharli ta'sirida birinchi o'rivda tuproq biologik faolligi, xusu-san tuproq fermentlari va mikroorganizmlari zarar kurgan. uzoq vaqtdan beri sug'orilib dehqonchilik qilinadigan bu tuproqlarda og'ir metallar miqdorining ko'pligi tuproqlardagi gips miqdori, sho'rlanish, yuvilish va sulfatlarning tanqisligi bilan izoxlanadi, hamda bu o'simliklar tarkibida ko'p to'planishga yeabab bo'ladi. Og'ir metallarning oziq zanjiri orqali turli hayvonlar organizmida harakatlanishi havodan, ayniqsa sanoat hududi va avtomagistrallar atrofida yuqori bo'ladi. Cho'llardagi ekosistemalarda og'ir metallarning miqdori umurtqasiz va umurtkali hayvonlar organ - to'qimalariga kuchli akkumulyatsiyasi kuzatiladi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha qo'ng'izlar va xashoratxo'r hayvonlar, o'simlikxo'r hayvonlarga nisbatan og'ir metallar bilan ko'proq zaharlanadi. Shular ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.5 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.5 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga