Suv ekologik muhit sifatida Gidrosfera va suvlarning tabiat, jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati. Yer yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera deganda okean, dengiz, ko'l, daryo, yer osti suvlari va muzliklarni o'z ichiga olgan yerning suv qobig'i tushuniladi. «Gidro»-suv va «sfera»-shar degan rna'noni bildiradi. Sayyoramizda hayot dastlab suv muhitida paydo bo'lgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir. Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda mavjud bo'lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol o'ynaydi. Ayniqsa atmosferadagi suv buglari va tuproq namligining ahamiyati katta. Suv tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zaxiralari doim tiklanib turadi. Suv hayotiy muhitning ekologiyasi Suv- tabiatning qimmatbaho resursi bo'lib, biosferaning mavjudligini ta'minlovchi moddalar almashinishi jarayonlarida o'ta muhim rol o'ynaydi. Suv insoniyatning madaniy hayotining shakllanishi va taraqqiy etishida sayyoramizdagi boshqa tabiiy resurslarga nisbatan sezilarli rol o'ynaydi. Suvning sanoat va qishloq xo'jaligidagi ahamiyati beqiyosdir. Uning maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur vosita ekanligi hech kimga sir emas. Suv inson organizmi, barcha o'simlik va hayvonlar tarkibini tashkil qiladi. Ko'plab tirik mavjudotlar uchun yashash muhiti vazifasini bajaradi. Atrof-muhitning gidrologik va gidrogeologik tarkibining shakllanishida bizning sayyoramiz uchun xos bo'lgan suvning umumbashariy aylanma harakati katta ahamiyatga ega. Bu haqda biosfera mavzuida ma'lumot berilgan.Dunyo okeanlaridan bir sutka davomida parlangan (875 km3) chuchuk suvning asosiy qismi (775 km3). Dunyo okeanlari ustiga qolgan qismi esa, quruqlikka borib yog'adi. Quruqlikka yog'adigan yog'in -sochin hajmi yiliga 47 ming km3 ni tashkil qiladi. Xuddi ana shu 47ming km3 suv quruqlikning yillik suv resursi deb ataladi. Suvning radioaktivligi - yer osti, buloq, daryo, kol va dengiz suvlarida barcha malum radioaktiv moddalarning mavjudligi. Tarkibida uran, radiy va radon bo'lgan suvlar amaliy ahamiyatga ega. Bu moddalar suvga atmosferadan va tuproq hamda tog jinslaridan yuvilib kelib qoshiladi. Tog jinslari tarkibida radioaktiv elementlar (uran, toriy, radiy va b.) bo'lgan minerallar, shuningdek, izotoplari radioaktiv kimyoviy elementlar (prometiy, poloniy va b.) bor. Suvda tabiiy radioaktiv izotoplar bilan birga yadro portlashi natijasida vujudga keladigan sun'iy izotoplar ham mavjud. Tabiiy radioaktiv moddalar miqdori kelib chiqishiga qarab kop darajada farq qiladi. sun'iy radioaktiv moddalar suv havzalariga atmosfera yoginlari va yadro yoqilgisi ishlab chiqarish. korxonalaridan chiquvchi oqova suvlar sifatida kelib kushiladi. Radioaktivli suvlardan uran konlarini izlab topishda, seysmologiyada (suvda Rn konsentratsiyasining o'zgarishi yer qimirlashidan darak beradi), balneologiyada - asab kasalliklari, yurakqon tomir sistemasi, nafas organlari, bugim va b. kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Ozbekistonda radonli mineral suvlarning katta koni Samarqand viloyatida Nagornoye temir yol stansiyasi yaqinida topilgan. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
603.08 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
603.08 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: pptx