Suv resurslari ifloslanishini asosiy manbalari

Suv resurslari ifloslanishini asosiy manbalari

O'quvchilarga / Ekologiya
Suv resurslari ifloslanishini asosiy manbalari - rasmi

Material tavsifi

Suv resurslari ifloslanishini asosiy manbalari Reja: Suv resurslarini kishilik jamiyatidagi ahamiyati. Suv resurslarini ifloslanish sabablari va uning salbiy oqibatlari. Chuchuk suvga bo'lgan talabni qondirishni yo'llari. Chiqindi suvlar va ularni tozalash usullari. Suv resurslarini kishilik jamiyatidagi ahamiyati. Yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil etadi. Gidrosfera deganda okean, ko'l, daryo, yer osti suvlari va muzlkilarni o'z ichiga olgan Yerning suv qobig'i tushuniladi. Sayyoramizda hayot dastlab suv muhitida paydo bo'lgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir. Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda mavjud bo'lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol o'ynaydi. Ayniqsa atmosferadagi suv bug'lari va tuproq namligining ahamiyati katta. Suv tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv resurslari doim tiklanib turadi. Yer kurrasida suv qatlami sayyoramizda termik rejimni tartibga solib turadi. Okean va dengizlardagi suvlar quyoshdan kelayotgan issiqlikni to'plab, qishda uning atrofini juda ham sovib ketishdan saqlab turadi. Atmosferadagi suv bug'lari esa quyosh radiasiyasini filtri hisoblanadi. Suv ayniqsa organizmlarning yashashi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Yer yuzida tirik organizm suvsiz yashashi mumkin emas. Chunki har qanday hayvon, o'simlik va kishilarning hujayra va to'qmalarida ma'lum miqdorda suv bor. O'simlik va hayvonlar organizmida suvning miqdori 50-98%gacha bo'ladi. Suv ayniqsa kishi organizmi uchun zarur. Chunki inson faznining 70%i suvdan iborat. Shu sababli inson ovqatsiz bir oygacha yashasa ham, suvsiz bir necha kun yashashi mumkin, xolos. Shunday qilib, sua inson badanida ma'lum miqdorda doimo bo'lishi zarur, agar inson tanasidagi suvning 12%i yo'qolsa, u halok bo'ladi. Bulardan tashqari, suv organizm uchun termoregulyator vazifasini ham bajaradi. Biosferadagi jarayonlar va insonlar hayotida suvning ahamiyati juda kattadir. Suv biosferadagi deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Suvning uch xil agregat holatda (suyuq, gazsimon va qattiq) bo'lishi turli joylarning ob-havo va iqlim sharoitining shakllanishida muhim rol uynaydi. Biosferada fotosintez jarayoni suv ishtirokida amalga oshadi. Suv tirik organizmlar uchun birlamchi hayot muhiti hisoblanadi. Inson organizmining 60 % dan ortig'i, ba'zi o'simliklarning 85% i suvdan iboratdir. Suv resurslarini ifloslanishi va buzilishi deganda suvda har xil organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar to'planib qolib, uning fizik xossalari (rangi, tiniqligi, hidi va mazasi) va kimyoviy tarkibining(reaksiyasi o'zgarishi, organik va mineral qo'shimchalar ortib, zararli birikmalar paydo bo'lishi va boshqalar) o'zgarishini, suvning ustida har - xil moddalar so'zib, tagiga cho'qishi, suvning tarkibida kislorodning kamayib, har xil bakteriyalar turining ko'payib, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bakteriyalarning paydo bo'lishi tushuniladi. Suv havzalari antropogen ifloslanishining asosiy manbalari har - xil bo'lib, ularning eng muhimlari qo'yidagilar hisoblanadi: Sanoat va maishiy, kommunal xo'jalik korxonalaridan hamda davolash-sog'lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga