Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati

Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati

O'quvchilarga / Ekologiya
Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati Reja: 1.Suv resurslari va ularni ekologik jihatdan tartibga solish zarurati 2. Davlat suv fondi va uni boshqarish. 3. Suvdan oqilona foydalanish ekologik huquqiy asoslari. 4. Suvni ekologik huquqiy muhofaza qilish. Suv resurslari va ularni ekologik jihatdan tartibga solish zarurati Sayyoramizda garchand suv bilan egallangan maydon quruqlikka nisbatan ikki barobar ko'p bo'lsada, uning ekologik muammosining yechimini topish juda dolzarbdir. Bunga sabab: Birinchidan. Suv tirik organizmlar, jumladan, inson massasining 90% dan ortig'ini tashkil qilgan holda u doimo aylanma harakatda. Aylanma harakatdagi suv chuchuq toza va musaffo bo'lishi talab etiladi. Aks holda tirik organizmlar nobud bo'ladi. Ikkinchidan. Chuchuk suvlar zaxiralari Sayyoramizda bir tekis tarqalmagan. Yer usti suvlari (daryo, ko'l, suv omborlaridagi suvlar) ning 70% aholi yashashi noqulay bo'lgan shimoliy sovuq yoki baland tog' mintaqalaridadir. Ayrim mamlakatlar (Kanada, Norvegiya, Rossiya)da suv toshqinlari muammosi yuzaga kelayotgan bo'lsa, ayrimlarida (O'zbekiston, arab mamlakatlari, Turkmaniston) suv tanqisligi juda katta muammodir. Uchinchidan. Toza suv doimo harakatdadir. U ko'pincha daryolar orqali bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o'tib boradi. Bu degan so'z daryo suvining muhofazasi xalqaro muammolar toifasiga kiradi va davlatlardan juda katta diplomatik mahorat talab qiladi. To'rtinchidan. Okean suvlarining keskin ravishda ifloslanishi atmosfera havosida kislorodning kamayishiga sabab bo'lmoqtsa. Chunki kislorodni «ishlab chiqaruvchi» okean yuzasidagi planktonlar ifloslanayotgan okean suvlarida kamayib boryapti. Beshinchidan. Deyarli barcha xalq xo'jaligi sohalarida suv ishlatiladi. Gidroresurslarning imkoniyati kamayib, unga talab esa ko'payib bormoqtsa. Xo'jaliqtsa ishlatilayotgan suvham, afsuski, toza - chuchuk bo'lishi kerak ekan. Agrar Respublika bo'lgan O'zbekistonda xalq xo'jaligining asosiy tarmog'i - qishloq xo'jaligi. Qishloq xo'jali-gi mahsulotining 95% sug'oriladigan erlardan olinadi. Oltinchidan. Markaziy Osiyoda chuchuk suv zaxirasi - 183 km kub (uvdan Amudaryoda 78 km kub va Sirdaryoda - 36 km kub). Uning aksariyati sug'orish uchun ishlatiladi va turli sun'iy suv havzalari (kollektor, drenaj, suv omborlari, tashlandiq ko'llar)da va yer ostida yig'ilib, Orol ko'li muammosini yuzaga keltirdi. Xalqimiz «Suv - hayot manbai, suv bor joyda hayot bor», deb bejiz aytmagan. Suvlardan okdoona foydalanish va ularni muhofaza qilish nafaqat global, regaonal, balki o'ta dolzarb milliy masaladir. Suv resurslarini ekologik-huquqiy jihatdan tartibga solish uchun mustaqil O'zbekistonimizda bir tsancha ishlar qshshngan. Masalan: -suv va suvdan foydalanishga oid 20 dan ziyod maxsus va umumiy qonunlar qabul qilindi; -Orol dengizi muammosi BMT va uning tashkilotlari tomoni- dan xalqaro darajadagi masalalar toifasiga ko'tarildi; -suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga yo'nalti- rilgan me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, dastur va loyiha- lar ishlab chiqildi; -milliy, regional, global miqyosda shartnomalar tuzildi va h.q Kelajakda, bizning fikrimizcha, O'zbekiston qonunchilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.59 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.59 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga