Suv resurslarini muhofaza qilish

Suv resurslarini muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Suv resurslarini muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Suv resurslarini muhofaza qilish Reja: 1. Gidrosfera haqida tushuncha. 2. Suvlarning tabiat, jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati. 3. Suvlarning ifloslanish manbalari. 4. Suvlarni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish. Tayanch so'zlar: Gidrosfera, biosfera, oqava suvlar, maishiy oqava, kommunal maishiy, qattiq suv, yumshoq suv, biologik tozalash, mexanik tozalash, kimyoviy tozalash. Yer yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera deganda okean, dengiz, ko'l, daryo, yer osti suvlari va muzliklarni o'z ichiga olgan yerning suv qobig'i tushuniladi. «Gidro»-suv va «sfera»-shar degan rna'noni bildiradi. Sayyoramizda hayot dastlab suv muhitida paydo bo'lgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir. Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda mavjud bo'lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol o'ynaydi. Ayniqsa atmosferadagi suv buglari va tuproq namligining ahamiyati katta. Suv tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zaxiralari doim tiklanib turadi. Yer yuzasidagi suv tugamaydigan resurs bo'lishiga qaramasdan inson bevosita ishlatishi mumkin bcf Igan suv zaxiralari juda ham cheklangan. Gidrosferadagi barcha suvlarning 96,5 foizi dunyo okeanining sho'r suvlariga tog'ri keladi. Mavjud chuchuk suvlarning katta qismi muzliklarda (1,73%), va yer ostidagi suv zaxiralarida (1,70%) joylashgan.Shuni ta'kidlash kerakki,yer ostidagi suv zaxiralarining aniq miqdori belgilangan emas.Yer yuzida hozirgi vaqtda inson bevosita foydalanishi mumkin bo'lgan chuchuk suvlar miqdori gidrosferadagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 foizini tashkil qiladi. Sayyoramizda daryo va ko'l suvlari bir tekis taqsimlanmagan va ayrim hududdarda suv tugaydigan hamda juda sekin tiklanadigan resurs hisoblanadi. Dunyo aholisi tez suratlarda o'sib borayotgan hozirgi vaqtda 800 mln.dan ortiq kishi suv yetishmasligi sharoitida yashaydi va 60% dan ortiq, aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlangan emas. Biosferadagi jarayonlar va insonlar hayotida suvning ahamiyati juda kattadir. Suv biosferadagi deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Suvning uch xil agregat holatda (suyuq gazsimon, qattiq) bo'lishi turli joylarning ob-havo va iqlim sharoitining shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Biosferada fotosintez jarayoni suv ishtirokida amalga oshadi, Suv tirik organizmlar uchun birlamchi hayot muhiti hisoblanadi inson organizmining 60% dan ortig'i, ba'zi o'simliklarning 85% i suvdan iboratdir. Insonning xo'jalik faoliyatida suv manbalari arzon energiya vositasi, sug'oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish asosi, sanoat korxonalari joylashtirishni kop jihatdan belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Kishilarning kundalik hayotini suvsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yer yuzida hozirgi vaqtda suv yetishmasligining asosiy sabablari mavjud chuchuk suv manbalarining materiklar va ayrim mamlakatlar bo'yicha notekis taqsimlanishi va qishloq xo'jaligi, sanoat korxonalarida suvdan oqilona foydalanishdir. 1 tonna paxta olish uchun 100 tonnagacha, 1 tonna sun'iy kauchuk olish uchun 300 tonna, 1 tonna nikel olish uchun 400 tonnadan ortiq suv sarflanadi. Dunyo bo'yicha Iga yerni sugorish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.11 MB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.11 MB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga