Suv va suv havzalarining ekogigiyenasi Reja: 1. Suv va suv havzalarining ekologogigiyenik holatlari 2. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash chora-tadbirlari 1. Suv va suv havzalarining ekologogigiyenik holatlari Ona tabiatning bebaho inoyatlaridan biri bu suv. Hammaga malum, suvsiz hayotni tasavvur qilish mumkin emas. Suv tugagan joyda cho'lu biyobonlar, sahrolar, hayotga umidsizlik paydo bo'ladi. Tabiatning bu hosilasi tirikchilik, tiriklik manbai, bu iqlim mo'tadilligi, bu jannatmakon o'rmonlar, o'simliklar, bog'lar, ajoyib vodiylar, bug'doyzorlar, ko'kalamzorlar. Suvsiz tabiat go'zalligini tasavvur qilib bo'lmaydi. Suv gigiyenik talablarga javob bergandagina inson sihat-salomatligining garovidir. Shuning uchun ham, insonga zarur bo'lgan chuchuk suv muammosi butun jahonda borgan sari murakkablashib, unta bo'lgan muhtojlik tobora ortib bormoqtsa. Malumki, tirikjonlarninghammasining organizmi malum darajada suv ushlaydi. Jumladan, odam organizmida o'rtacha 65% suv bo'lsa, bazi bir organ va to'qimalardagi suv miqdori 80-90% ga etadi. Hatto inson va hayvonlarning qattiq suyaklarida ham suv mavjud. Shuning uchun ham agar odam organizmi 6-8% suv yo'qotsa, uning sog'ligiga putur etadi, o'zini loxasligi to'g'risida shikoyat qiladi, chunki organizmdagi modda almashinish jarayonlari buziladi, siydikda zaharli moddalar miqdori ortib boradi. qonning ishqoriy kislotali muhiti buziladi. Suv dunyoviy modda almashinish jarayonining asosidir. Suv molekulasining bosgan yo'liga nazar tashlasak, u quyidagicha: Okean suv yuzasidan quyosh nuri, issiqligi ta'sirida suv molekulasi parga aylanib yer yuzasidan necha ming metr balandlikka ko'tariladi; Yuqorida, ko'tarilgan suv bug'i past haroratli balandliqda boshqa molekulalar bilan qo'shilib suv tomchilarini paydo qiladi; suv tomchilari shamol ta'sirida bir necha yuz km.ga olib ketiladi, keyinchalik bug'ga aylangan molekula yana yuqoriga ko'tarilib yomg'ir tomchilari bilan qo'shilib, og'irlashib yerga yomg'ir holatida yog'iladi va tushadi; Tog' va tepaliklar bag'riga yoqqan yomg'ir tomchilarining hammasi qo'shilib yomg'ir suvi bo'lib ariqchalarda oqadi; Ariqchalardan jonivorlar (sigir, echki, qo'y, jayron, kiyik va boshqalar) suvni ichadi; Bir necha soat o'tgach hayvonlar tomonidan ichilgan suvlar siydikka aylanib, suv molekulasi yerga tushadi, oxir pirovardida u o'simliklar iddizlariga borib ularni suv bilan ta'minlaydi; Suv molekulasi daraxt tanasi, shoxlariga o'tadi va oxirida barg orqali bug'ga aylanadi; Bug'ga aylangan suv molekulasi osmonga ko'tarilib, yomg'ir tomchilari sifatida yerga, daryolarga tushadi; Daryolar orqali suv dengaz va okeanlarga oqadi; Dengiz va okeanlar sathidan suv yana bug'ga aylanib suv molekulalarini paydo qiladi; Ko'pincha suv molekulalari do'l, qor sifatida ko'proq kismi tog'larga, ozrog'i esa yerga yog'adi; Shimoliy hududlarda qorlardan paydo bo'lgan suv molekulasi ko'proq miqdorda yog'ib yerga tushadi. Shunday qilib suv molekulasining doimo tabiatda aylanib yurishi hech to'xtamaydi va shu tariqa yerda hayotni ta'minlaydi. Endi bizning sayyoramizdagi suv resurslariga etibor bersak, aslida suv juda ko'p, yer yuzining qariyb 74%i ni suv qoplagan. Umuman, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.85 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.85 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc