Suvlarning xossalari va klassifikatsiyasi. Suv resurslari

Suvlarning xossalari va klassifikatsiyasi. Suv resurslari

O'quvchilarga / Ekologiya
Suvlarning xossalari va klassifikatsiyasi. Suv resurslari - rasmi

Material tavsifi

Suvlarning xossalari va klassifikatsiyasi. Suv resurslari Reja: 1. Suvlarning xossalari. 2. Suvlarning klassifikatsiyasi haqida. 3. Bugungi kundagi asosiy suv resurslari hozirgi paytda suv havzalarini ifloslanishini oldini olishga juda katta ahamiyat berilgan. Maishiy xo'jalik va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqava suvlar ma'lum bir inshoatlarda tozalanib, ularni yana suv havzalariga oqiziladi. Shu bilan birga suv havzalarni ma'lum darajada iflostantiriladi. Keyingi yillarda hukumatimiz va davlatimiz tomonidan qator qarorlar qabul qilinib, ular asosan suv havzalarining sanitariya holatlarini yahshilashga qaratilgandir. Bu qarorlarda bir qator tadbirlar ishlab chiqarish va ularni hayotga tatbiq qilish mo'ljallangan. Suv havzalariga tashlanadigan tozalangan oqava suvlarning tozalash miqtori darajasiga juda katta talablar quyilmoqda. Shu maqsadda suv havzalarining sanitariya holatini yahshilashda quyidagi tadbirlar amalga oshirish mo'ljallangan: Oqava suvlarni tozalovchi kanalizatsiya inshoatlarini qurishni jadallashtirish; Oqava suvlarni yanada chuqurrok tozalash, ularning sifatini yanada yuqoriroq ko'tarish uchun; Sanoat korxonalarida texnologik jarayon uchun sanoat korxonalaridagi tozalangan suvlarni qayta ishlatish yoki birnechabor ishlatish usuliga o'tish; Sanoat korxonalaridagi suv xo'jaliklarini butunlay tutashtirilgan usulga o'tqazish bilan, suv havzalariga oqava suvlarni butunlay oqizmaslik; Tozalangan oqava suvlarni sug'orish ishlarida ishlatish, sanitariya holatlarini hisobga olgan holda; Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni suv ishlatilmaydigan jarayonlarga o'tkazish. Oqava suvlarning tarkibi, xossalari va cho'kindilari. Kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan ifloslarni asosan quyidagi turlarga bo'lish mumkin: Mineral chiqindilar; Organik chiqindilar; Bakterial chiqindilar; Radiaktiv chiqindilar. Mineral chiqindilarga quyidagilar kiradi: qum, tuproq zarrachalari, ruda zarrachalari, shlak, suvda erigan tuzlar, kislotalar, ishqorlar va boshqa shunga o'xshash moddalar. Organik chiqindilar hosil bo'lish sharoitiga va turiga ko'ra ikki turga bo'linadilar: o'simlikdan hosil bo'lgan, jonivorlardan hosil bo'lgan. O'simlikdan hosil bo'lganlariga o'simliklar, mevalar, sabzavotlar qoldiqlari, qog'oz, o'simlik moylari va boshqalar kiradi. Bu chiqindilarga kiruvchilar tarkibidagi asosiy kimyoviy modda-uglerod. Jonivorlardan hosil bo'lgan chiqindilarga odamlar va hayvonlardan fizologik ajralgan ifloslar, jonivorlarning to'qima qoldiqlari, organik kislotalar va boshqalar kiradi. Bu chiqindilarga kiruvchilar tarkibidagi asosiy kimyoviy modda-azot. Maishiy xo'jaliklardan chiqadigan oqava suvlar tarkibi taxminan 60%ni organik chiqindilar va 40%ni mineral chiqindilar tashkil qiladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan oqava suvlar tarkibidagi chiqindilar miqtori boshqacha bo'lishi mumkin, ularning miqtori korxonada ishlov beriladigan mahsulotning turkumiga va texnologik jarayoniga bog'liq bo'ladi. Bakterial ifloslarga tirik mikrojonzodlar kiradi- xamirturish, mug'or zamburug''i, mayda yo'sin va har xil bakterialar. Maishiy xo'jalik oqava suvlarida kasal tarqatuvchi bakterialar ham bo'ladi, dizinteriya, tif, gijja odamlarning va hayvonlarning fizologik chiqindilari bilan birga oqava suv tarkibiga tushishi mumkin. Sanoat chiqindilaridan chiqadigan oqava suvlar tarkibida ham kasal tarqatuvchi bakterialar bo'lishi mumkin (teriga ishlov beradigan, junlarga ishlov beradigan korxonalarda, kushxonalar va boshqalar). Oqava suvlardagi chiqindilar o'zining fizikaviy holatiga ko'ra suv tarkibida quyidagi holatlarda bo'lishi mumkin: - erigan, kolloidli, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.93 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.93 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga