Suvni zamonaviy sivilizasiya chiqindilari bilan ifloslanishi va ular ustidan nazorat Reja: 1. Suv va uning zahiralari. 2. Suvni ifloslanishi va ifloslantiruvchi manbalar. 3. Reaktsiyaga kirishish xususiyati oshiq bo'lgan joylar. 4. Metallar 5. Gazlar. 6. Organik birikmalar. Tayanch iboralar: Tabiiy akkumlyator, gidrologik rejim, sinergetik xususiyat. Suv va uning zahiralari. Suv yer yuzida tanqislikka uchrashi mumkinmi, masalan Yerning yuqori qismida 1454 mln. km3 suv bo'lsa va Yerning ichki qismida 700-800 mln. km3 suv bo'lsa. Buning ustiga maktab kursidan bizga malum bo'lgan suvning Yer yuzidagi tabiiy aylanishi sodir bo'lsa: «okean» - «atmosfera» - «yomg'ir» - «bug'lanish» - «okean». Shunday bo'lsada insoniyatning ko'payishi, sanoat korxonalarida suvning ko'plab ishlatilishi, qishloq xo'jaligida suvning beqiyos darajada me'yoridan ortiq ishlatilishi va boshqa sabablarga ko'ra suv keyingi vaqtda tanqislikka uchrab, ifloslanib bormoqda. Yer yuzi aholisi 6 mld. kishiga suv resurslarining taqsimoti quyidagi hisoblar bo'yicha to'g'ri keladi: - Irrigatsiya - 700 km3 - Sanoat -1700 km3 - Kommunal xўjalik - 600 km3 - Oqova suvlar - 900 km3 - boshqa sohalar -400 km3 jami: 18700 km3 Yer yuzining botqoq qismlari tabiatda juda katta rolni, ya'ni tabiiy akkumlyator va bug'ni tindirgich rolini o'ynaydi. Shuningdek, butun regiondagi gidrologik rejimni saylaydi. Toza suv sobiq SSR hududida eng ko'p Baykal ko'lida joylashgan uning miqdori 2300 km3 ni tashkil etadi. Suvni tanqislikka uchrashining sabablaridan yana biri suv resurslarini Yer yuzida notekis taqsimlanishidir. Jadval 4 Suvni tanqislashib borishini yana bir sababi sanoatda uning ko'plab ishlatilishidir. M, 1 g po'lat ishlab chiqarish uchun 300 t suv, 1t mis uchun 500 t, 1 t kapron ishlab chiqarish uchun 5600 t, 1t qog'oz ishlab chiqarish uchun 100 t, shakar uchun esa 100 t suv sarf bo'ladi va h.k. 2. Suvni ifloslanishi va ifloslantiruvchi manbalar. Suv resurslarining ifloslanib borishiga asosan sanoat korxonalarning chiqindi suvlari: ularning tarkibidagi yangidan-yangi kimyoviy komponentlarning qo'llanilishi oqibatida tabiat zarar ko'rmoqda. Suvning ifloslanishi quyidagi sabablar bilan amalga oshadi: - Tabiiy mahsulotlar bilan (chiqindilar, O2 yutilishi bilan boradigan jarayonlar); - Suspenziyalarning tushishi; - Turli xil zaharli moddalarni tushishi (pestitsidlar, gerbitsidlar); - Suv havzalarini tabiiy eskirishiga olib keladigan moddalarni tushishi; - Xo'jalik chiqindi suvlarni tushishi; - Suv havzalarini qaynoq oqova suvlar bilan ifloslanishi; - Tarkibida turli xil tuzlar bўlgan, neft qoldiqlari bo'lgan, tarkibida organik sintetik moddalar bo'lgan va h.k); - Tarkibida noma'lum bo'lgan turli xil radioaktiv chiqindilarni tushirish va h.k. Suv havzalariga tushgan hamma materiallar ham uni iflos qilavermaydi. Bizga ma'lumki, suv universal erituvchi va uning o'zi tarkibida erigan va suspenziya holidagi ko'plab moddalardan iborat sistemadir. Ba'zi moddalar esa ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.68 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.68 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc