Suvning tabiat va jamiyat uchun ahamiyati

Suvning tabiat va jamiyat uchun ahamiyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Suvning tabiat va jamiyat uchun ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Suvning tabiat va jamiyat uchun ahamiyati REJA I. Kirish Suvning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati II. Asosiy qism Suvlarning ifloslanishi va isrof qilinishi. Tabiat boyliklari orasida suv alohida o'rin tutadi II. Xulosa Suvning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati Suvning Yerdagi hayot uchun ahamiyati beqiyosidir. Uzining uzluksiz harakati tufayli suv Yer kurrasida kuzatiladigan barcha tabiiy jarayonlarda ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiyning ta'biri bilan aytganda suvning geografik qobiqdagi ishini miqdor jihatdan Quyosh radiatsiyasi bilan taqqoslasa bo'ladi, sifat jihatdan esa uning o'rnini hech narsa bosa olmaydi. Ison qadim zamonlardan boshlab suvdan turmush ehtiyojlarini qondirishda eng sodda usullarni qo'llab foydalanib kelgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib suv maxsus inshoot va qurilmalar yordamida tinitilib, tabiiy yoki sun'iy ravishda tozalanib, kerak bo'lgan hollarda zararsizlantirilib ishlatilmoqda. Qishloq xo'jaligi va sanoatda suvning o'rnini hech narsa bosa olmaydi. Masalan, bug'doydan olinadigan hosilning har bir tonnasi uchun 1500 tonna, 1 t sholi uchun 400 t., 1 t paxta tolasini yetishtirish uchun 100 tonnagacha suv talab etiladi. Sanoatda 1 t g'isht tayyorlash uchun 1-2 t, 1t ko'mir qazib chiqarish uchun 3 t, 1 t pulat, qog'oz ishlab chiqarish uchun esa 250-300 t suv zarur bo'ladi. 1 t sintetik tola ishlab chiqarish vaqtida esa 400 t gacha suv talab etiladi. 1 t ip gazlama tayyorlash uchun 10 t suv sarflansa, ba'zi bir sintetik tolalardan 1 t gazlama tayyorlash uchun 300 t suv talab etiladi. Suv havzalarining eng arzon transport vositasi ekanligi ham hammaga ma'lum. Suv transportining xalq xo'jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Shu maqsadda dunyodagi ko'p daryolar kanallar orqali bir-biri bilan va dengizlar bilan tutashtirilgan. Daryolar juda katta energiya manbaidir. Shu sababli ko'pgina daryolarda eng arzon elektr energiyasi beruvchi GES lar qurilgan va qurilmokda. Tuproq namligini unga kirib kelayotgan, harakatlanayotgan va sarf-lanayotgan suvga bog'liq holda o'zgarishi tuproqning suv rejimi deyiladi Tuproqdagi suvning ahamiyati beqiyos. Tuproqda va o'simlikda bo'ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O'simlik suv bilan yetarli ta'minlangandagina unda o'sish, rivojlanishi va barcha fizologik jarayonlar normal o'tadi. Fotosintez jarayonida suv asosiy omillardan biri sifatida reaksiyada ishtirok etadi. Har qanday madaniy o'simlik urug'i unib chiqishidan oldin ma'lum miqdorda suv shimadi. Urug'lar o'ziga kerak bo'lgan suvni shimib olgandan keyin qulay sharoit bo'lsa ko'karib chiqa boshlaydi. O'simlikka shu davrdan bosh-lab, to o'suv davrining oxirigacha namlik zarur bo'ladi. Tuproqdagi oziq moddalar eritma holida bo'lgandagina o'simlik ildizlari orqali so'riladi.Suv tufayli o'simlikda barcha biologik jarayonlar normal o'ta-di, turgor holati saqlanadi. Suv va uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati Astronomlar o'zga sayyoralarda hayot bor yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsalar, avvalambor o'sha sayyorada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.25 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:45 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.25 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga