Reja: Yer resurslari Biologik resurslar Yer osti boyliklari Chiqindilar muammosi O'zbeksitonning yer resurslari g'oyat xilma-xil bo'lib, ular cho'l tekislik zonasi (shu jumladan sug'oriladigan (antropogen) tekislik), adir(tog'oldi va past tog'lar), tog' (o'rta tog'), baland tog' zonalari erlaridan iboratdir. Respublikaning yer maydoni 447,4 ming kv. km ni tashkil etgan. Yer fondining 61,5 foizi (275,2 ming kv.km) qishloq xo'jaligida 3,6 foizi (16,2 ming kv.km) o'rmon xo'jaligida foydalanilgan. 2% (8,9ming kv.km) alohida muhofaza qilinadigan hududlar, 4%(1,7 ming kv.km) sanoat korxonalari, transport tarmoqlari va boshqa noqishloq xo'jaligi tarmoqlari yerlari, 1,5 % (6,7 ming ka.km) gidrotexnik va boshqa suv xo'jaligi inshootlari yerlari, 0,5% (3,1 ming kv.km) shahar hududlari yerlari, 26,7% (119,4 ming kv.km) foydalanilmaydigan erlardan tashkil topgan. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan erlarning (270,2 ming kv.km) 82,2% yaylovlar va o'tloqlar, 17,8% xaydaladigan erlardan iborat. Respublikada sug'oriladigan yerlar 43 ming kv.km (mamlakat hududining 9,7%) maydonni egallaydi. Respublikaning davlat o'rmon fondi 16,2 ming kv.km bo'lib, uning 7 ming kv. km qumlik mintaqa o'rmonlari, 1,2 ming kv.km tog' o'rmonlari, qolgan qismi daryobo'yi o'rmonlari, vodiy o'rmonlaridan iborat. O'zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra mamlakatning sug'oriladigan yerlari sifati bo'yicha quyidagicha taqsimlangan (%): sifati yomon yerlar-0,3%, o'rtachadan past yerlar-24,3%, o'rtacha yerlar-45,5%, yaxshi yerlar-27,2%, eng yaxshi yerlar-2,9%. Yerlarning cheklanganligi va uning sifati tarkibi pasayib borayotganligi bilan bog'liq bo'lgan ekologik xavf-xatar muhim va xavf-xatarli muammoga aylanmoqda. Tuproqqa ortiqcha ishlov berish agrotexnika talablariga amal qilmaslik erlarning sho'rlanishiga, o'g'itlar va pestitsidlar esa ifloslanishiga, chiqindining kamayishiga, eroziyaning kuchayishiga va boshqa ko'plab salbiy oqibatlarga olib keldi. Yerning ishdan chiqishiga sug'orish va zovur tizimining eskirishi va etarli darajada tamirlanmaganligi, sug'orish texnikasining qoloqligi va suvdan foydalanishda isrofgarchilikka yo'l qo'yilishi ham sabab bo'ldi. Tuproqning sho'rlanishi va ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlar digressiyasi kabi antropogen ta'sirga bog'liq jarayonlar keng tarqalgan va ular katta zarar etkazmoqda. hozirgi vaqtda Respublikada sho'rlangan yerlar sug'oriladigan yer turlarining umumiy maydonidan 46%ini, shu jumladan kuchsiz sho'rlanganligi-25%, o'rtacha sho'rlanganligi-15% va kuchli sho'rlanganligi-6% dan ortiroqni tashkil etadi. Keyingi o'n yil ichida sug'oriladigan erlarda sho'rlanish 120 ming gektarga, shu jumladan kuchli sho'rlanish 43 ming gektarga oshgan. Tuproqning xloroorganik pestetsidlar bilan ifloslanishi muammosi jiddiyligicha qolmoqda. Tuproq eroziyasining hamma turlari hamma regionlarda keng miqyoslarda tarqalgan. Eroziyadan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg'ona, viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasining 65%dan 98%gacha qishloq xo'jalik ekinzorlari zarar ko'rmoqda. 70%dan ko'proq yaylov yaroqsiz holga tushib qolgan, jumladan uchdan biri yuqori darajada zararlangan. Yerlarning yaroqsiz holga tushishi va sifatining yomonshashishi muammosini tubdan hal qilish uchun boshqa tadbirlar bilan bir qatorda ekspertiza nazoratini ham kuchaytirish lozim. Bu sohadagi ustivor harakatlar quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni o'z ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.26 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.26 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc