Tabiat muhofazasi va xalqaro hamkorlik

Tabiat muhofazasi va xalqaro hamkorlik

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiat muhofazasi va xalqaro hamkorlik - rasmi

Material tavsifi

Tabiat muhofazasi va xalqaro hamkorlik Reja: l. Tabiatni muhofaza qilish sohasida davlatlararo hamkorlik va uning asosiy shakllari. 2. Davlatlararo shartnoma va konvensiyalarning tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati. 3. S.Tabiatni muhofaza qilishda davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligi. 4. O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish muammolari. Tayanch so'zlar: Davlatlararo hamkorlik, konvensiya, shartnoma, kongress, strategiya, regional, BMT, YUNESKO, EKOSAN. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik haloqatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlarning, 5,7 mlrd.dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqiyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta'siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yilarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko'plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo'li bilan hal qilinishi mumkinligi ma'lum bolib qoldi. Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratilgan: 1. Atrof muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma va konventsiyalar; 2. xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari faoliyati. Turli davlatlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konvensiyalar keng qo'llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asr oxirida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo'nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko'chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e'tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida VOdan ortiq shartnomalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi xalqaro konvensiya 1931 yilda tuzilib, unda Anktarktida atrofldagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlamaslik ko'rsatilgan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963 yili Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti va kosmik fazodagi yadro sinovlarini taqiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega. 1973 yilda nodir hayvon va o'simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to'g'risidagi xalqaro konvensiya tuzildi. 1972 yili Stokgolmda tabiatni muhofaza qilish bo'ykha o'tkazilgan Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT)ning 1-Umumjahon kongressida 5 iyun xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb elon qilingan. 1973 yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishining oldini olish yuzasidan yangi xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1978 yili Ashxabodda utgan xalqaro Tabiati Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) bosh assambleyasida Jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi. 1982 yil BMTda Tabiatni muhofaza qilishning umumjahon xaritasi qabul qilindi. Bu muhim hujjatlarni tabiatni muhofaza qilishning prinsiplari va ko'p yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Atrof muhitga inson ta'sirining kuchayishi 1985 yili Venada ozon qatlamini muhofaza qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.67 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.67 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga