Reja: 1.Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi. 2.O'zbekiston tabiiy resurslarining holati. 3.Tabiiy resurslarni oqilona boshqarish. Resurs so'zi fransus tilidan olingan bo'lib yashash vositasidegan ma'noni bildiradi. Tabiiy resurs deb tabiatda mavjud bo'lgan insonlar tomonidan yaratilmaydigan, insonning hayoti, xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha tabiiy resurslar, sharoitlar va jarayonlarga aytiladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 55-modda) TABIIY BOYLIKLAR O'rmonlarning maydoni 62 mln. km2 dan 40 mln. km2 (1994) gacha qisqargan. Hozirgi vaqtda o'rmonlar maydonining keskin qisqarish jarayonlari davom etmoqda. Sayyoramizning «o'pkasi» hisoblangan tropik o'rmonlar minutiga 15-20 gektardan kesilmoqda. Bu jarayonlar biosferadagi barqaror muvozanat holatini izdan chiqarib, ekologik xaloqat xavfini kuchaytirishi mumkin. Yangi yerlarni o'zlashtirish, atrof muhitning ifloslanishi oqibatida o'nlab o'simlik turlari yo'qolmoqda. Biosfera biomassasining eng katta qismi-98,7 foizi o'rmonlarda to'plangan. O'rmon biotsenozining hamma komponentlari o'zaro va atrof muhit bilan uzviy bog'langan. O'rmonlarda qimmatli hayvon va o'simlik turlari jamlangan. Yog'ochdan inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan 20 mingga yaqin turli mahsulotlar olinadi. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning ma'lumotlariga qaraganda, yiliga dunyoda 2,6 mlrd tonna neft, 3,6 mlrd tonna xrom ma'dani, 3-4 mlrd tonna qo£rg£oshin ma'dani, 6 mlrd tonna temir ma'dani, 7,3 mlrd tonna mis ma'dani, 32 mlrd tonna ko£mir, 1,2 mln tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin va platina ma'danlari, 120 mln. tonna fosfatlar va 159 mln tonna tuz qazib olinmoqda. Agar qazilma boyliklardan hozirgi tezlik bilan foydalanilsa, oltin zaxiralari 35 yilda, rux - 36 yilda, kaliy - 40 yilda, uran - 47 yilda, mis - 66 yilda, surma va simob zaxiralari 70 yilda neft, gaz va ko'mir zaxiralari esa 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shuning uchun ko'pgina rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va boshqa mamlakatlar) da xom-ashyo va yer osti boyliklarining yetishmasligi tufayli ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlab, boshqa mamlakatlaming boyliklaridan foydalanmoqdalar Respublikamizning tabiiy resuslarining ko'rsatgichlari O'zbekiston o'z yer osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi-bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan zild turli foydali qazilma konlari va madan namoln bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - homashlyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o'tish kerak. Maklaturadan qog'oz ishlab chiqarish jarayonida daraxtlardan olishga nisbatan atmosfera ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.96 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.96 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc