Tabiat va jamiyat munosabatlari evolyutsiyasi Reja: 1. Inson, jamiyat va tabiat. 2. Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning tarixi. 3. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar evolyutsiyasi. Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning maqsad va vazifalari. O'zbekistonda tabiatdan foydalanish tarixi. Tabiat - odamning paydo bo'lgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman - bu dunyo, odam, koinot; mikromakromegadunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor ma'noda - tabiat fanlari o'rganadigan obyekt. T. odamga, jamiyatga bog'liq bo'lmagan qonuniyatga bo'ysunadi. Odam T.ning bir qismi. Odam T. qonunlarini o'zgartira olmaydi, faqat qrnunlardan foydalanib, T. elementlarini, qismlarini o'zlashtirishi mumkin. T. tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (mas., dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va b. esa T.ning ba'zi jihatlarini o'zgartiradi. Odam tomonidan, ya'ni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda ikkinchi T. deyiladi. Mas., vodoroddan urangacha bo'lgan 92 ta kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sun'iydir. Barcha sun'iy sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari ikkinchi T.ga kiradi. Tabiat atamasi keng ma'noda fizik, material olamni bildiradi. Kundalik turmushda tabiat so'zi ostida odam ta'siri ostida ko'p bo'lmagan atrof-muhit va undagi hayot (yovvoyi tabiat) nazarda tutiladi. Birinchi holda tabiatni umuman fan, ikkinchi holda esa tabiatshunoslik o'rganadi. Bunda tabiat subatomdan galaktik miqyoslarga bo'lib ko'riladi. Odamning T.ga munosabati tarixda o'zgarib va rivojlanib bordi. Antik falsafada T.ga stixiyali kuchlar (Demokrit), ideal dunyoning in'ikosi (Platon), uyg'un jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaralgan. Diniy ta'limotlarda T. ruhiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb hisoblangan va xudo T.dan yuqori turadi deb tushunilgan. Uyg'onish davrida T.ga hamma tabiiy uyg'unlik va mukammallikning yuzaga chiqishi sifatida karaldi. Yangi davrda T.ga bo'lgan munosabat T.ning ilmiy o'rganish obyektiga aylanishida katta rol o'ynadi. T. obyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz ma'lum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va b. samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning so'nggi ma'lumotlari bo'yicha bundan 20 mlrd. yil avval) bu jismlar boshqa ko'rinishda bo'lgan. Bo'lajak mlrd. yillarda u yana o'zgarib boradi. T. odamning , jamiyatning vatani. Odamning hayoti T.ning , biosferaning uyg'un sharoitiga bog'liq. Bu sharoit salbiy tomonga o'zgartirilsa, odamning normal yashashiga putur etkaziladi, ekologik muammolar paydo bo'ladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan noto'g'ri foydalanish - biosferaning buzilishiga olib keladi. Binobarin T.ni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga to'g'ri va oqilona munosabatda bo'lish lozim (q. Tabiatni muhofaza qilish). Insonning T.ga bunday munosabatda bo'lishida fan asosiy omil bo'lib kelmoqda. Yer va ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.27 MB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.27 MB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc