Reja: 1. Ekologiya va iqtisodiyot: o'zaro bog'liqlik va ta'sir 2. Iqtisodiyotning ekologiyaga va ekologiyaning iqtisodiyotga ta'siri 3 Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez sur'atlarda o'sishi va insonning tabiatga ta'siri. Tabiat bilan iqtisodiyot orasida o'zaro bog'liqlik kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridan ma'lum. Chunki, tabiat insonni oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa zaruriy moddiy ne'matlar bilan ta'minlaydi. Inson tabiatdan estetik zavq oladi, unda va uning ta'sirida sog'ligini tiklaydi. Xullas, hayot uchun barcha zaruriy moddiy ne'matlarni bevosita va bilvosita yo'llar bilan oladi, bahramand bo'ladi. Moddiy ne'matlardan foydalanish jarayonida odamlar avvaliga istaganicha va undan ortiq miqdorda foydalangan bo'lib, albatta isrofgarchilikka yo'l qo'ygan. Lekin vaqt o'tishi va ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi, eng muhimi odamlarning fikrlash qobiliyati, ongining o'sishi bilan noz-ne'matlardan foydalanishda ehtiyotkorlik belgilari ham shakllanib borgan. Bu hodisa ularni ov ishlari baroridan kelmagan vaqtlarda yaxshi sezilib turgan bo'lishi mumkin. Demak, xo'jalik yuritishni odamlar juda qadimdan egallay boshlashgan. Aholining moddiy iste'mol ehtiyoji dunyo miqyosida qaralsa cheksiz va qondirib bo'lmaydigan darajada. Chunki, aholi soni muttasil ortib bormoqda. Lekin tabiiy resurslar, ya'ni ehtiyojni qondiradigan vositalar chegaralangan va noyob. Binobarin, talab, ehtiyoj va moddiy ne'matlar o'rtasida juda katta farq mavjud. Bu bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, ya'ni xo'jalikni nihoyatda bilib va oqilona tashkil qilish zarurligiga undaydi, ikkinchi tomondan, birlamchi tabiiy resurslarning o'rnini bosa oladigan (almashtira oladigan) sun'iy matyeriallarni izlash va amalda qo'llash ishtiyoqi kuchayib boradi. Bu bilan tabiiy resurslarni tejash, ikkilamchi boyliklardan keng miqyosda foydalanish, eng muhimi tabiiy resurslarning o'rnini bosa oladigan mahsulot (matyerial)larni ishlab chiqarish va amalda qo'llash g'oyasini hayotga tobora tezroq tadbiq qilish jadallashib boradi. Bu muammoning qo'yilishi, yechimi jarayonida va amalda tadbiq qilinishida iqtisodiyotning ahamiyati beqiyosdir. Iqtisodiyot tarraqqiyoti ko'p hollarda tabiiy resurslarga bog'liq. Turli resurslarning mavjudligi xalq xo'jaligi tarmoqlarini muttasil rivojlantirib borishga imkon byeradi. Bu borada ekologik tabiiy resurslarning ham o'z o'rni bor. Qishloq xo'jaligi, xususan sug'orma dehqonchilik mahsulotlari, lalmi dehqonchilik va yaylov chorvachiligi yetkazib byeradigan oziq-ovqat, texnik xom-ashyolar va boshqalar xalq xo'jaligining o'sishida ta'siri etarli darajada yuqori. Dunyo bo'yicha yalpi ichki mahsulotning jami 32 % ini ekologik soha resurslari yetkazib byerishi ma'lum. Bizningcha, ekologik soha resurslarining iqtisodiyotni taraqqiy etishidagi roli istiqbolda yana ortib borishi kutiladi. Chunki, aholi sonining ortib borishi chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini miqdor jihatdan ko'paytirishga ta'sir etadi (don, chorvachilik mahsulotlarini jon boshiga me'yoriy ko'rsatkichlarda yetkazib byerilishini taqozo etadi). Iqtisodiyotning tabiiy resurslar bilan ta'minlanganligi ko'p vaqt mobaynida tabiat qonunlari, xususan ekologik qonuniyatlar va qonunlarga bog'liqligi tan olinmadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va fan yutuqlarini sanoat hamda qishloq xo'jaligi sohalarida keng qo'llanilishi natijasida tabiat ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.69 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.69 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc