Reja: 1. Tabiat va tabiy resurslarni iqtisodiy baholash haqida tushuncha. 2. Tabiat resurslarini baholashda renta asosida yondashuvning o'ziga xos xususiyatlari. 3. Tabiiy resurslarni baholashda sarflash va muqobil qiymat baholash konsepsiyasining qo'llanilishi. 4. Tabiatni baholashda majmuali yondashuvning mohiyati . 1. Tabiat va tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash haqida tushuncha.Tabiatda har bir boylik turi inson uchun juda qadrli bo'lishi bilan birga o'z qiymatiga ham ega. Xo'sh, resurslarni qanday baholash kerak yoki go'zal tabiat manzaralarini-chi? Bekiyos boylik zilol suv qanday qiymatga ega? U inson tomonidan ifloslantirilgan va deyarli yaroksiz xolga keltirilgan bo'lsa-chi? Bunday vaziyatda u qanday qiymatga ega bo'ladi? Insonning tabiiy muhitga etkazgan zarari danday baholanadi? Orol dengizi satxining tushib ketishi natijasida vujudga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarning bir yillik zarari dancha? Tabiiy muhitni baholashning bu kabi iqtisodiy mezonlarini bilish lozim. Tabiiy resurslarning haqiqiy diymatini bilish ularning isrof bo'lishi, sifatining buzilishi, yuqolishi kabi nomatlub hodisalarning oldini olishda o'ta zarur. Tabiiy muhitni muhofaza qilish va qulay ekologik vaziyatlarni barqarorlashtirish, resurslardan odilona foydalanish tamoyiliga amal qilishda boyliklarni iqtisodiy baholash va tabiat xizmatlarining aniq qiymatga ega bo'lishi beqiyos darajada katta ahamiyatga ega. Tabiiy muhit jamiyat uchun bir necha vazifalarni bajaradi: a) tabiiy resurslar bilan ta'minlash, b) o'z-o'zini tozalash va qayta tiklash, v) inson uchun qulay tabiiy xizmatlari bajarish, chunonchi, rekreatsiya (dam olish, sog'liqni tiklash va b.), estetik zavq olish, tabiatdan muruvvat va saxiylikni o'rganish va b. Bo'larning barchasini birgina bosh vazifa, yani insonga hayot bagishlash, deb ta'riflash mumkin. Afsuski, sotsializm davrida tabiiy boyliklarning haqiqiy bahosi aniqlanmadi. To'g'ri, bu borada malum tadqiqot ishlari bajarildi (Mints, 1968, 1973 va boshqalar). Lekin ular mantikiy poyoniga etkazilmaganligi tufayli resurslarni real baholash masalasi echilmay kolaverdi. Bu muammo xorijiy mamlakatlarda ham to'liq xal qilinmagan. Sotsializm davrida resurslar haqiqiy baholanmaganligi sababli ulardan foydalanishda isrofgarchilikka va sifatining buzilishiga yul kuyildi, kashshoklanish jarayoni rivojlandi. Natijada atrof-muhitning ifloslanishi, resurslar haqiqiy bahosining tushib ketishi, iqtisodiy samaradorlikning nixoyatda pasayib borish jarayonlari kuchaydi. Tabiiy boyliklarning narxini bilish, avvalo loyihalarning muqobil variantlarini tanlash, iqtisodiy samaradorlikka erishish, tabiat muhofazasiga keng yul ochish, aholining ekologik jihatdan yashash sharoitlarini yaxshilash uchun katta imkoniyatlar ochadi. Baholash asosida kapital qurilishlarning variantlariga ta'sir etish mumkin. Chunonchi, sugoriladigan dehqonchilik rivojlangan hududda biror muhandislik loyihasini amalga oshirishga, avvalo, sugorma yer bahosi va uning ekin eqilganda har yilgi keltiradigan iqtisodiy samarasi hisob-kitob qilingandan sung ruxsat beriladi yoki yuk. Loyiha tashlandik, joyda ham amalga oshirilishi mumkin. Shuni hisobga olish zarurki, O'zbekistonda sugorma yerlar barcha qishloq xo'jaligi mahsulotlarining qiymat jihatidan 95%ini yetkazib beradi. Darvoke, sugorma yerlar oltin fond, ularni e'zozlash kerak, har ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.44 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.44 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc