Tabiat va uning resurslaridan foydalanishning geografik va iqtisodiy asoslari Reja: Tabiat va uning resurslaridan foydalanishning geografik asoslari. Tabiat va uning resurslaridan foydalanishning iqtisodiy asoslari. Tabiat - xo'jalik - aholi tizimining mohiyati 1. Tabiat va uning resurslaridan foydalanishning geografik asoslari. Tabiat yaxlit geotizimidan iborat bo'lganligi tufayli undan .foydalanishda tizimli yondashuv tatbik, qilinishini takazo etadi. Binobarin, bu jarayonda tabiat va uning resurslaridan majmuali ravishda omilkorlik bilan foydalanish zarurligi ekologik va iqtisodiy jihatdan avvaldan asoslangan. Lekin bu jarayon negizida geografik qonunlar va qonuniyatlar mavjudki, biz aksariyat xollarda ularga etarli etibor bermaymiz, natijada katta mikyosda zararli oqibatlar rivojlanishiga asos yaratamiz. Darvoke, tabiat va uning resurslaridan foydalanishning geografik asoslari mavjud ekan, ularni bilishimiz ayni muddao. Tabiat qonunlari va qonuniyatlari hamda jamiyat ishlab chiqarishi. Insonning xo'jalik faoliyati tabiatda sodir bo'lar ekan, u albatta, tabiat qonunlarini hisobga olishi, qonuniyatlarga rioya qilishi lozim, aks holda uning ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy samaradorlik, ish unumi, barqaror taraqqiyot, mahsulot sifatini yaxshilash va ooshka sohalarda jiddiy yutuklarga erishish, oldinga siljish yuz bermaydi, shuningdek, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar ko'lami ortib boradi. Tabiatning tub qonunlaridan biri mavjud moddiy tizim va uni urab to'rgan atrof-muhitning bir butunligi hisoblanadi. Bu holat jamiyatga nisbatan kullansa, u holda unga geografik muhit bilan bir butunlik qonuni, deb qarash mumkin. Tabiatda, odatda, bir hodisaning o'zgarishi qo'shni geotizimdagi xuddi shunday hodisaning o'zgarishiga ta'sir etadi. Bunda ular orasidagi bog'liqlik qanchalik yaqin bo'lsa, o'zaro ta'sir ham shunchalik kuchli bo'lishi kuzatiladi. Shuning uchun tabiatdan foydalanishda bu qonunga rioya qilish nakadar muhim, ayniqsa geopara, paragenegik tizimlar (Orolbuyi va Orol dengizi, Balxashbuyi va Balxash kuli) da bu tabiiy hodisaning jiddiy oqibatlari kuzatiladi. Orol satxining tez suratlarda tushib ketishi tufayli Orolbuiida sodir bo'layotgan antropogen chullashish hodisasi Amudaryo va Sirdaryo deltalarida tabiiy muhitning tiklab bo'lmaydigan darajada o'zgarishiga olib kelmokda. Tabiiy muhitning tezkorlik bilan taraqqiy etishida landshaft (geotizim)larning xilma-xilligi qonuni ta'siri ustuvorlik qiladi. Aniqlanishicha, hududda tabiiy muhit va resurslarning xilma-xilligi kancha ko'p bo'lsa, jamiyatning rivojlanishi uchun ham kulay sharoit vujudga keladi. Aksincha, tabiiy sharoit bir xil bo'lib, boyliklar ham kambagal bo'lsa, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun imkoniyatlar kam bo'ladi. Tabiiy muhit xilma-xil hududlarda insonning xo'jalik faoliyati faolrok, yoki kuchli sodir bo'lishi tufayli geotizimlarning o'zgarishi ham tezligi bilan ajralib turadi. Bu jarayonda moddiy tizim va atrof-muhit birligi qonuni va landshaftlar xilma-xilligi qonuni bir-birini tuldiradi hamda ularning bir vaqtdagi harakati yuz berishi mumkin. Bu hodisa landshaftlarning tuzilmali dinamik holati murakkab bo'lgan hududlarda tabiiy muhitning tezkorlik bilan o'zgarishi natijasida rivojlanadi. U hududda tabiiy geografik sharoitning xilma-xilligi va shu munosabat bilan tabiiy majmualarning ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.31 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.31 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc