Tabiatda organizmlar o'rtasidagi munosabatlar. Raqobat. Yirtqichlik. Parazitlik. Simbioz

Tabiatda organizmlar o'rtasidagi munosabatlar. Raqobat. Yirtqichlik. Parazitlik. Simbioz

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatda organizmlar o'rtasidagi munosabatlar. Raqobat. Yirtqichlik. Parazitlik. Simbioz - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Tabiatda organizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar Raqobat. 2. Yirtqichlik. Parazitlik. Simbioz Tabiatda har xil turlar, populyatsiyalar va organizmlar o'zaro juda murakkab va xilma-xil oziqlanish va hududiy munosabatlarga kirishadi. Umuman o'zaro munosabatga kirishmagan tur, populyatsiya yoki boshqa guruhlar bo'lmaydi. Organizmlar o'rtasidagi munosabatlar raqobat (konkurensiya), yirtqichlik, parazitlik yoki simbioz shaklida namoyon bo'lishi mumkin. Raqobat. Raqobat bir tur individlari va populyatsiyalar o'rtasida sodir bo'ladi. Bunday raqobat oziq va suv topish, pana joy, tuxum qo'yish joyini tanlash va boshqa sabablarga ko'ra paydo bo'ladi. Raqobat yashash sharoiti, oziq va joyga talabiga ko'ra o'xshash bo'lgan turlar o'rtasida paydo bo'ladi. Bunday o'xshashlik qancha ko'p bo'lsa, raqobat ham shuncha kuchli bo'ladi. Buning natijasida raqobatga bardosh berolmagan individlar nobud bo'lib, tabiiy tanlanish sodir bo'ladi, Yirtqichlik. Yirtqich bilan uning o'ljasi o'rtasida munosabatlar har qanday ekosistema uchun xos bo'ladi. Yirtqichlik ikki organizmdan birining ikkinchisi eb qo'yishidan iborat munosabat hisoblanadi. Masalan, o'simlikxo'r hasharotlar (shiralar, qandalalar) ni yirtqich, qo'ng'izlar va chumolilar eydi. Bu yirtqichlar ham o'z navbatida boshqa yirikroq hasharotlar (masalan, beshiktervatarlar) ga em bo'ladi. Yirtqichlik faqat hayvonlar o'rtasida emas, balki o'simliklar bilan hayvonlar (masalan, hashoratxo'r o'simliklar), zamburug''lar bilan hayvonlar (yirtqich zamburug''lar bilan tuproq nematodalari) o'rtasida bo'lishi mumkin. Yirtqichlik hech qachon o'ljani tamoman qirilib ketishiga olib kelmaydi. Aks holda o'ljani qirilib ketishi yirtqichni ham ochlikdan o'lib ketishiga sabab bo'lar edi. Masalan, har yili shimol bug'ularining faqat 25% bo'rilarga em bo'ladi. Bug'ular populyatsiyasi ham har yili tahminan shuncha miqdorga ko'payishi aniqlangan. Yirtqichlar eng kuchsizlangan, kasal hayvonlarni birinchi navbatda tutib eydi. Bu bilan ular o'z o'ljalarining naslini yaxshilanishishiga yordam beradi; kasallikni keng tarqalishiga yo'l qo'ymaydi. Buning natijasida tabiatda tabiiy tanlanish sodir bo'ladi. Parazitlik. Parazitlik ikki organizm o'rtasidagi o'zaro raqobatlik munosabati bo'lib, ulardan biri, yani parazit o'z xo'jayini tanasi hisobidan oziqlanadi, unga ziyon etkazadi, lekin uni birdaniga o'ldirmaydi. Chunki xo'jayini o'lishi parazitni ham o'limga olib kelar edi. Parazit bilan uning xo'jayinining birgalikda evolyutsiyasi natijasida ular o'rtasida nisbiy muvozanat kelib chiqqan. Bu holat ikkala organizmni ham yashab qolishiga imkon beradi. Ammo yangi paydo bo'lgan parazit odatda o'z xo'jayini sonining keskin kamayishi, hatto butunlay nobud bo'lib ketishiga olib kelishi mumkin. Masalan, Xitoyda o'sadigan kashtan po'stloq parazit zamburug''iga chidamli bo'ladi. Bu zamburug'' 1904 yilda tasodifan AQSH ga kelib qolgan. Amerika kashtanlari populyatsiyalari bu parazitga chidamsiz bo'lgani tufayli ko'pchilik daraxtlar nobud bo'lgan. Birgalikda evolyutsiya jarayonida parazit organizmda xo'jayin organizmi hisobidan oziqlanish uchun bir qancha moslanish belgilari paydo bo'ladi. Xususan, maxsus yopishuv organlari shakllanadi; harakatlanish va sezgi organlari yo'qolib, jinsiy organlari kuchli rivojlanadi. Parazitlik o'simliklar orasida ham uchraydi. Parazit o'simliklar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.84 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.84 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga