Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifaliri

Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifaliri

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifaliri - rasmi

Material tavsifi

Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanini o'qitishning ahamiyati predmeti, maqsad va vazifalari Reja: 1. Fanni o'qitishning ahamiyati 2. Predmeti, obyekti va nazariy asoslari 3. Boshqa fanlar bilan aloqalari 4. Asosiy ilmiy tadqiqot metodlari 5. Bozor iqtisodi sharoitida O'zbekiston Respublikasida fanning asosiy maqsadi va vazifalari 1. Fanni o'qitishning ahamiyati Mustaqil O'zbekistonimizda uzoq yillar davomida hukmronlik qilgan totalitar tuzum, tabiiy resurrslardan nooqilona foydalanish, ekologik vaziyatni tang halatga kelishi kabi salbiy xo'jalik yuritishni kasb qilgan edi. Ekologik xavfsizlikni ta'minlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, hududlarning tabiiy resurs salohiyatini keng miqyosda o'rganish va ularning imkoniyatlaridan majmuali, ilmiy asoslangan tarzda foydalanish mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardandir. Suv va yer resurslarining cheklanganligi va sifatini pastligi, sho'rlanganligi, eroziyaga uchraganligi, radioaktiv ifloslanishning mavjudligi, hamda Orol dengizi qurib borishining haloqatli oqibatlari, atmosferaning ifloslanishi, tog'-kon sanoati ta'sirida tabiat degradatsiyasi O'zbekistonning ko'pchilik mintaqalarida ekologik vaziyatning xatarli bo'lishiga sabab bo'layotir. Shu sababdan oliy o'quv yurtlarida mintaqada tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanini o'qitish, uning nazariy va amaliy yutuqlaridan foydalanish bozor iqtisodiyotining eng muhim talabalaridan biriga aylanmoqda. Bu Fan O'zbekistonning mintaqaviy ekologik - iqtisodiy muammolari yechimining nazariy asoslarini ishlab chiqishi va uni amaliyotga joriy etishi lozim. Ekologik-iqtisodiy tadqiqotlar esa iqtisodiyot-tabiat tizimini kompleks tadqiq etishni taqozo etadi. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish insonning tabiatga munosabatini o'zgartirishni, ekologik manfaatlarni iqtisodiy-ijtimoiy manfaatlar bilan tenglashtirishni, insonning tabiatga nisbatan mas'uliyatini oshirishni talab etadi. Respublikada mustaqillik yillarida ekologik - iqtisodiy tadbirlar tizimini amalga oshirishga muhim ahamiyat berilmoqda. Bu tizim amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas tarkibiy qismi bo'lishi zarur. Shu sababdan tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan iqtisodiy mexanizmiga ega bo'lish va uni xo'jalik amaliyotida samarali qo'llash g'oyat muhimdir. Zamonaviy mutaxassislar, birinchi navbatda iqtisodchilar tabiiy - ekologik fikrlashga ega bo'lishlari, o'z faoliyatlarida ushbu fan uslublarini qo'llab tabiatga zararli ta'sir ko'rsatishning oldini olishlari, ekologik bexatar qaror qabul qilishlari lozim. Iqtisodchilar va zamonaviy ishlab chiqarishning boshqa malakali mutaxassislar o'zlarining har bir professional harakatlarini ekologik baholashlari kerak. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fani iqtisodchilarning ekologik - iqtisodiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. O'zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasi bo'yicha mo'ljallangan Davlat dasturi amalga oshirilayotgan hozirgi paytda bunday mutaxassislarga talab katta. 2. Predmeti, obyekti va nazariy asoslari Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fani, umumiy fan tabiatdan foydalanish iqtisodiyotining ajralmas tarkibiy qismi, uning mintaqaviy yo'nalishi bo'lib, u o'zining rivojida ushbu fanning nazariyasi va amaliyotiga asoslanadi. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti doimo o'zgarib turadigan insonning yashash va ishlashining tabiiy muhitini va jamiyatning tabiatdan foydalanish darajasini iqtisodiy nuqtai nazardan o'rganadi. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti boshqa iqtisodiy fanlar kabi odamlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.86 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.86 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga