Tabiatdan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi Reja: 1. Atrof muhit ifloslanishining iqtisodiy optimumi. 2. Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarini ijtimoiy zaruriy miqdorini baholash. 3. Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining tarkibi. 4. Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash. 1. Atrof muhit ifloslanishining iqtisodiy optimumi. Atrof muhitni muhofaza qilish iqtisodiyoti va ekologik xizmatlar tarkibini tahlil etish, birinchidan, tabiatni muhofaza qilish xarajatlari va me'yordagi iqtisodiy zarar o'rtasidagi oqilona nisbat qanday?, ikkinchidan, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining samaradorligini qanday aniqlash kerak? degan ikki masalani hal etishni talab etadi. jadval Iqtisodiyot tarmoqlarida tabiatdan foydalanishning tabiatga ta'siri bo'yicha tavsifi Manba: «Osnovi ekonomiki prirodopolzovaniya», pod. red. V.N.Xolina, 51 - stranitsa, S.Pb.: PITYeR, 2005 g. jadval Tabiatdan foydalanishga yondashuvlar klassifikatsiyasi Manba: «Osnovi ekonomiki prirodopolzovaniya», pod. red. V.N.Xolina, 50 - stranitsa, S.Pb.: PITYeR, 2005 g. Atrof muhitni muhofaza qilish iqtisodiyotining asosiy g'oyasi kishilik jamiyatining tabiatni muhofaza qilish faoliyati bilan iqtisodiy rivojlanish o'rtasidagi o'zaro kelishuvini topish hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish xarajatlari va iqtisodiy zarar kabi ekologik xarajatlar nisbatlarini mikroiqtisodiy tahlil etish natijasida ular orasida bir optimal nuqtaning mavjudligi ko'rinadi. Bu nuqta atrof muhit ifloslanishining iqtisodiy optimumi deb nomlanadi va iqtisodiy optimum - tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining muayyan miqdoriga muayyan zararning mos kelishidir. 2. Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarini ijtimoiy zaruriy miqdorini baholash. Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarini ijtimoiy zaruriy miqdorini baholash muhit sifatini saqlash uchun ketgan xarajatlarga nisbatan munosabatlarni belgilashda ko'rinadi. Gap uch uslubiy yo'nalishlar haqida ketmokda: Ekstensiv yo'nalish tarafdorlari: «texnogen ekspansiya muqarrar tabiatni muhofaza qilish borasidagi har qanday harakatlar samarasiz, foydasiz va iqtisodiy o'sishni susaytiradi» deb fikr yuritadilar. Bu texnokratik yo'nalish deb yuritiladi iqtisodiy yo'nalish tarafdorlari: tabiatni muhofaza qilish tadbirlari xarajatlarini vaqtincha kelishilgan emissiya va boshqa me'yorilarni talab asosidagi joriy iqtisodiy natijalar bilan cheklaydi. Bu yondashuv tabiatni muhofaza qilishda iqtisodiyotning real rivojlanishi imkoniyatlariga mos ravishda uncha katta bo'lmagan xarajatlarni nazariy jihatdan asoslanishida ko'rinadi. Bu yondashuvning mohiyati uncha mukammal bo'lmagan, juda uzoq davrlarda samara beradigan ekologik me'yorlarning ishlab chiqilishida ko'rinadi. Bunday yondashuvlarda ekologik noqulaylik natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy zararga etarlicha etibor berilmaydi. Aynan shu yondashuv doirasida ifloslantirish natijasida keladigan iqtisodiy zararni hisoblash usuli, tabiiy resurslardan foydalanganlik va atrof muhitga etkazilgan zarar uchun to'lovlarni hisoblash usullari va tabiatni muhofaza qilish faoliyati mezonlari ishlab chiqilgan. Global yondashuv: jamiyatning tabiatni muhofaza qilish istiqbolli strategiyasini ishlab chiqishda ijtimoiy-ekologik, ekologik va iqtisodiy jihatlarni to'liq hisobga olish, ekologik - iqtisodiy muvozanatlik zarur degan g'oyaga tayanadi. Bu yondashuvga ko'ra tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining zaruriy miqdori maksimal ko'rsatkichlarga etadi. Mutaxassislarning hisoblariga ko'ra tabiatni muhofaza qilish xarajatlarning zaruriy miqdori yalpi ichki mahsulot ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.79 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.79 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: doc