Reja: 1.Tabiiy resurslardan foydalanish tamoyillari. 2.Tabiiy resurslardan foydalanishning ustivor yo'nalishlari. 3.Tabiatdan foydalanishni oqilona tashkil etish mezonlari. 1. Tabiiy resurslardan foydalanish tamoyillariBozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy boyliklardan foydalanish shunday ilmiy tamoyillarga asoslanishi zarurki, bunda tabiat ham, jamiyat ham aziyat chekmasligi lozim. Biosferada tabiiy komponentlarning bir-birlari bilan o'zaro muvozanatda bo'lishi bilan birga, tirik tabiat bilan notirik tabiat o'rtasidagi o'zaro ekologik muvozanat tamoyillari ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyillarga ko'ra, tabiiy chegaralangan har bir hududda ikki turdagi tabiat orasida shunday teng munosabat mavjud bo'ladiki, bunda ular bir-birlarining malum tabiiy muvozanatda bo'lishini takazo qiladi. Lenin ulardan birining tashqi ta'sir natijasida buzilishi muvozanat Uzoq, muddat (bir necha yuz asrli) izdan chiqishiga olib keladi. U shou buzilishning parametrlari asosida sodir bo'lgan hodisa boshqa bir necha hodisalarning tarkib topish ta'siri bilan belgilanadi (sabab-oqibatlar zanjirining bir-birlari bilan tutashib ketishi). Ekologii muvozanat juda ham murt bo'lib, ko'p xollarda geotizimlarning suv maromi, o'simlik olamining kashshoklanishi, tuproq koplamining buzilishi bilan bog'liq, (Orolbuyi, Balshaxbuyi). Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyili muammolar yechimida amaliy ahamiyatga ega. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonida va kundalik turmushda vujudga kelgan turli qattiq, suyuk va gazsimon chiqindilarni tabiiy muhit atmosferaga, suv havzalari, tuproqni obdon tozalab, butunlay zararsizlantirilgandan sung chiqarish zarurligiga asoslanadi. Mazkur tamoyilning amaliyotda tatbik, etilishi atrof-muhit ifloslanishini tuxtatish va uning barqaror tozalanishida eng samarali hisoblanadi. Avvaliga qisman, keyinchalik vaqt mobaynida to'liq amal qilshga bosqichma-bosqich utish bilan tabiiy muhitning tozalanishiga erishish mumiin. Tabiat resurslaridan me'yoriga yarasha foydalanish tamoyilining oldingi tamoyil bilan birgalikda qo'llanilishi maqsadga muvofiq, chunki ular bir-birlarini takozo etadi. (Qur'oni Karimda «Dunyoda barcha narsalar ulchokli» degan ibora bor. Darvoke, tabiat va uning resurslari ham cheksiz emas, ular o'z ulchamiga ega. Ularning ifloslanishi va kashshoklanishi esa foydalanish jarayonini murakkablashtiradi, sun'iy takchilliklarga sabab bo'ladi. Binobarin, tabiiy boyliklardan ehtiyojiga va me'yoriga katta etibor bergan holda foydalanishni tashkil etish ayni muddao. Bu borada tiklanadigan, tiklanmaydigan, ikqilamchi resurslarning barcha ulchamlarini hisobga olgan holda me'yoriy foydalanishga amal qilish tamoyili barcha turdagi ishlab chiqarish jarayonida va insonning kundalik turmushida qo'llanilishi darkor. Tabiatdan foydalanish jarayonining majmualiligi va bu borada tadbirlarning ekologik jihatdan asoslangan tamoyili ishlab chiqarishning atrof-muhitga salbiy ta'sirini iloji boricha kamaytirishga, muhitning tozalanishiga, aholining turli kasalliklarga mubtalo bo'lmasligiga ijobiy ta'sir etadi. Tabiiy resurslardan foydalanish chog'ida barcha texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan atrof-muhitga ta'siri eng kichik ko'rsatkichlarga qadar pasaytirilishi ekologik muammolarning yechimini tezlashtiradi. Bunga chiqindisiz texnologiya, kam chiqindili texnologiya, berk texnologiya kabi ishlab chiqarish jarayonlarini qo'llashga utish bilan erishiladi. Ikqilamchi resurslarni majmuali to'liq qayta ishlash tamoyiliga amal qilish bilan ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan terrikonlar-agdarmalar ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.92 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.92 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: doc