Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro munosabatlar

Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro munosabatlar

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Global, hududiy, milliy muammolar va xalqaro hamkorlikning shakllari. 2. Tabiatni muhofaza qilishni shartnomalar va konvensiya orqali tartibga solish yo'nalishlari. xalqaro tashkilotlar faoliyati. 3 Tabiat muhofazasi va barqaror rivojlanish konvensiyasi, xalqaro moliya institutlarining tabiatni muhofaza qilish bo'yicha faoliyati. 4 O'zbekistonning tabiatini muhofaza qilish sohasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi o'rni. 1. Global, hududiy, milliy muammolar va xalqaro hamkorlikning shakllari. Global ekologik muammolar asosida insoniyat sivilizatsiyasining yashashi asoslariga ta'sir kursatadigan global mikyosidagi jarayonlar va hodisalar etadi va ularning yechimi butun dunyo hamjamiyatining ishtirok etishini talab qiladi. Bazi hududlar va tabiiy resurslar, birinchi navbatda Dunyo okeani va uning resurslari (hududiy suvlardan tashqari), atmosfera, Antarktida, kosmos, ularning resurslaridan foydalanish, ularni asrash va muhofaza qilish sohasidagiharakatlarni muvofiklashtirish (koordinatsiyalash) muammosini kun tartibiga kuymokda. Dunyo mamlakatlari va xalqlari global, regional va milliy muammolarni xal etishga xalqaro hamkorlik asosida javobgarlik va mas'uliyatni sezgan holda yondashishlari zarur. xalqaro hamkorlikning bir nechta asosiy yo'nalishlarni ko'rsatish mumkin: xo'jalik faoliyati ta'sir ko'rsatmagan va planetar ekologik muvozanatni kullab-quvvatlovchi tabiiy tizimlarni saqlash va asrash. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (shu jumladan tabiiy muhitning assimilyatsiyasi potensiyali). Samarali xalqaro ekologik mas'uliyat (jabovgarlik) tizimini barpo etish (shu jumladan harbiy harakatlar ta'sirida atrof muhitning vayron bo'lishi uchun javobgarlik). Bu yo'nalishlarni amalga oshirish quyidagi xalqaro tadbirlarni kamrab oladi: rivojlangan mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy kumaklashuvi va texnik yordam berishi, resurslarni tejash, ijtimoiy ehtiyojni ekologizatsiyalash muammolari bo'yicha texnologik ishlamalar ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotni strukturaviy qayta ko'rish, ekologik yo'nalishdagi xalqaro tashkilotlar va forumlarda vakillik tizimi, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro mas'uliyat (javogarlik) mexanizmlarnini barpo etish, ekologik solikka tortish, birgalikda strategiya va konsepsiyalar ishlab chiqish, ayrim tabiiy resurslardan foydalanish reglamentatsiyalash va boshqalar. xalqaro hamkorlikning quyidagi asosiy shakllari mavjud: Parlamentlar hamkorligi. U qonun chikaruvchilik faoliyatini koordinatsiyalashga yo'naltirilgan bo'lib, davlatlararo ekologik muammolar yechimini taxminlaydi va ekologik masalalar bo'yicha Modelli (tavsiyaviy) qonunlarni ishlab chiqishni kuzda tutadi. Ayrim davlatlar ijroiya strukturalarining o'zaro taxsirini taxminlash. U BMT xomiyligida ekologik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni koordinatsiyalashga yo'naltirilgan. Konvensiya tipidagi hamkorlik. Bu ayrim hududlar va obyektlarning aniq ekologik muammolarni yechishga yagona yondashuvni kuzda tutadi. Ilmiy-texnik hamkorlik. U ilmiy xarakterdagi axborotlarni o'zaro ayirboshlash, tabiat muhofazasi ishlanmalarning birgalikdabajarish asbob-uskunalardan kompleks foydalanish, ilmiy loyihalar, ekspertizalar o'tkazish va boshqalarga yo'naltirilgan. Ushbu asosiy shakllar ijtimoiy tashkilotlar, ishbilarmonlar hamkorligi, xalqaro anologik forumlar o'tkazish va boshqalar bilan birgalikda kushib olib boriladi. 2. Tabiatni muhofaza qilishni shartnomalar va konvensiya orqali tartibga solish yo'nalishlari. xalqaro tashkilotlar faoliyati. Atrof muhit muammolari bo'yicha xalqaro hamkorlikning asosiy shakllaridan biri shartnomalar tuzish, konvensiyalar qabul qilish va xalqaro bitimlarning boshqa turlari hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.46 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.46 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga