Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish

Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

«Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish» kursining predmeti, metodi va vazifalari hamda uning boshqa fanlar bilan aloqalari Reja: 1. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish kursining predmeti, metodlari va vazifalari 2. Tabiat unsurlari va tabiatdan foydalanishdagi omillar 1. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish kursining predmeti, metodlari va vazifalari Odamlar tabiat qonunlarini qancha chuqur bilsalar, ishlab chiqarish kuchlarning rivojlanish darajasi qancha yuqori bo'lsa, bu qonunlar inson manfaatlari uchun shuncha ko'p xizmat qilishi va tabiiy resurslardan keng foydalanish mumkin bo'ladi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlangan sari xo'jalik faoliyatiga jalb qilinadigan moddalar massasi ko'payadi, natijada insoniyatning (jamiyatning) o'zi yashayotgan sharoitga ta'siri to'xtovsiz orta boradi. Bu jarayon tabiatda tobora chuqur o'zgarishlarga sabab bo'ladi, binobarin, uni o'rganish zarurdir. So'nggi yillarda tabiiy resurslarni istemol qilish hajmi va suratining o'sa borishi bilan bog'liq holda insoniyatning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri ham tobora kuchaymokda. Ijtimoiy ishlab chiqarishda inson bilan tabiat o'rtasidagi modda va energiya almashinuvi asosan texnika vositalari yordamida amalga oshiriladi. Binobarin, fan-texnika inqilobi insonning tabiatga bo'lgan ta'sirining orta borishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu ta'sirning kuchayishi tabiatdagi ayrim komponentlar muvozanatinigina emas, balki butun bir landshaftlar muvozanatining buzilishini kuchaytirmoqda. Tabiatdagi bu keskin o'zgarishlar esa ko'pincha insonning hayot faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiyotning rivojlanishi tabiiy resurslarni istemol qilishning juda tezlik bilan o'sib borishi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Dunyoning ko'pgina rayonlarida tabiiy resurslardan foydalanish suratlari tabiatning o'rnini to'ldirish, yani tabiatning unga etkazilgan zararini bartaraf etish imkoniyatlaridan bir necha baravar ortib ketdi. Aholining o'sib borayotgan ehtiyojlari va dunyo iqtisodiyotini rivojlantirish tobora katta miqdordagi tabiiy resurslarni talab qiladi. Faqat tiklanadigan emas, balki bir qator tiklanmaydigan tabiiy resurslarning ham real tugallanishi xavfi vujudga keldi. Tiklanadigan resurslar to'liq istemol qilingach, tabiiyki, ularning o'z-o'zini tiklash imkoniyati yo'qoladi. Binobarin, xom ashyo manbalari kamaymasligiga erishish uchun, bu resurslarning kengaytirilgan qayta tiklanishini ta'minlash lozim. Kengaytirilgan qayta tiklash tabiatni o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tabiat bilan jamiyatning o'zaro ta'siri murakkab va ziddiyatli xarakterga ega bo'lib, fan-texnika taraqqiyoti davrida inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlar tamomila yangi bosqichga o'tdi. Ayniqsa, tabiatdan va uning boyliklaridan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish dolzarb muammoga aylanib qoldi. Tabiatdan foydalanish miqyosining kengayib borishi inson bilan tabiat orasidagi munosabatlarni kundankunga keskinlashtirib yubormokda. Bu hol tabiiy landshaftlar xususiyatlarining tubdan o'zgarishi, antropogen landshaftlarining vujudga kelishiga olib kelmokda. Tabiat qancha chuqur o'zgartirilsa va o'zlashtirilsa, unda shuncha ko'p yangi tabiiy jarayonlar va hodisalar ro'y beradi, bu o'zgarishlarning insonga bo'lgan. ta'siri ham shuncha ko'p orta boradi. Tabiiy sharoitning inson ta'siridagi, yani antropogen o'zgarishi kishilik jamiyatining tabiatga ham ekologik jihatdan, ham iqtisodiy jihatdan bog'liqligini ifodalaydi. Fan-texnika ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.03 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.03 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga