Tabiatdan foydalanishdagi xalqaro hamkorlik

Tabiatdan foydalanishdagi xalqaro hamkorlik

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatdan foydalanishdagi xalqaro hamkorlik - rasmi

Material tavsifi

Tabiatdan foydalanishdagi xalqaro hamkorlik Reja: 1. Tabiatdan foydalanish borasidagi xalqaro hamkorlik shakllari. 2. xalqaro moliya tashkilotlarining atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi faoliyati. 3. Uzbekistan Respublikasi va xalqaro hamkorlik. 1. Tabiatdan foydalanish borasidagi xalqaro hamkorlik shakllari. Global ekologik muammolarning zamirida insoniyat jamiyati mavjudligining asosi bo'lgan va jahon hamjamiyati tomonidan yechimini kutayotgan global jarayonlar va hodisalar yotadi. Bu joyda ayrim tabiiy resurslarning global maqomga egaligini ham takidlab o'tish kerak. Bularga Dunyo okeani (hududiy suvlardan tashqaridagi akvatoriyalar), atmosfera havosi, Antarktida, kosmos kiradi va ulardan oqilona foydalanishda hamkorlik qilish talab etiladi. Ekologik muammolarni insoniyat tomonidan hamkorlikda hal etilishi V.I.Vernadskiy tomonidan noosfera konsepsiyasi doirasida, asrimizning boshlarida takidlab o'tilgan. Global rivojlanishni modellashtirish natijalari xalqaro hamkorlik doirasida ekologik muammolarning yechimini topishga barcha davlatlar, millatlar va mamlakatlar jalb etilishi hayotiy zaruriyat ekanligini tasdiqladi. Shularni nazarda tutib, xalqaro hamkorlikning quyidagi asosiy yo'nalishlarini ko'rsatib o'tish mumkin: Xo'jalik faoliyatiga tortilmagan, planetar ekologik muvozanatni taminlovchi tabiiy tizimlarni muhofaza qilish; Tabiiy resurslardan va tabiatning assimilyatsion salohiyatidan oqilona foydalanish; xalqaro ekologik javobgarlikning samarali tizimini yaratish (shu jumladan, harbiy harakatlar natijasida atrof muhitga etkazilgan zarar uchun javobgarlik). Bu yo'nalishlarni amalga oshirish turli tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi, bularni ichida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: Rivojlangan mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga ko'rsatadigan moliyaviy va texnik yordami; Resurslarni saqlash bo'yicha texnologiyalarni ishlab chiqish; Ijtimoiy ehtiyojlarni ekologiyalash, milliy iqtisodiyot tarkibini qayta ko'rish; Ekologik tavsifdagi xalqaro forumlarda va tashkilotlarda vakillik tizimlariga ega bo'lish; Atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro javobgarlikning mexanizmlarini yaratish; Ekologik soliqqa tortish; Hamkorlikda turli strategiyalar va konsepsiyalarni ishlab chiqish; Ayrim tabiiy resurslardan foydalanishni oqilona me'yorlarini belgilash va b.q.lar. xalqaro hamkorlik quyidagi shakllarda olib boriladi: Parlamentlararo hamkorlik-qonunchilik faoliyatini muvofiqlashtirish va davlatlararo ekologik muammolarning yechimini topish maqsadida olib boriladi. Ijroiya hokimiyatlari o'rtasidagi hamkorlik-BMT doirasida ekologik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan faoliyatdir; Konvension tipdagi hamkorlik - alohida hududlar va obyektlarning aniq ekologik muammolarini yechishning umumiy yondashuvlarini topishni nazarda tutadi; Ilmiy -texnik hamkorlik- ilmiy tavsifdagi axborotlarni almashish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birga ishlab chiqish, jihozlardan majmuali foydalanish, ilmiy loyihalar va ekspertizalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu asosiy shakllardan tashqari atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik ijtimoiy tashkilotlar, ishbilarmon doiralar, xalqaro ekologik forumlar va boshqalarni olib borish bilan ham amalga oshiriladi. Atrofni muhofaza qilish borasidagi xalqaro hamkorlikning yana bir shakllaridan biri - shartnomalar tuzish va boshqa xalqaro kelishuvlarni amalga oshirishdir. Ikki tomonlama va ko'p tomonlama kelishuvlar va xalqaro konvensiyalar turli malakatlarning bu sohadagi sayi - harakatlarini muvofiqlashtirish borasida amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda sheriklar sifatida tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.56 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.56 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga