Reja: 1. Tabiatdan foydalanishni boshqarish to'g'risida tushuncha. 2. Tabiatdan foydalanishni boshqarishning huquqiy asoslari. 3. Tabiatdan foydalanishni boshqarishning subyektlari. 1. Tabiatdan foydalanishni boshqarish to'g'risida tushuncha. Tabiatdan foydalanish murakkab jarayon: ijtimoiy ishlab chiqarishda inson betuxtov tabiatga ta'sir ko'rsatadi. Bunda uning boyliklari va kulay sharoitlaridan turli xajmda foydalanadi. Buning natijasida tabiiy muhit muayyan darajada o'zgarishga uchraydi. Tabiatdan foydalanishning bir necha mexanizmlari mavjud, chunonchi, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va boshqalar. Ularni o'z vaqtida muntazam kullab borish tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslanishiga imkon beradi. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini mutaxassislar kuyidagicha ta'riflaydilar: tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi-davlat tashkilotlari, mahalliy o'z-o'zini boshqaruv va barcha tabiatdan foydalanuvchilarning undan foydalanish, takror ishlab chiqarish, tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo'yicha tashkiliy va iqtisodiy tadbirlarning bir-birlari bilan bog'liq tizimidir. Iqtisodiy mexanizmning asosiy maqsadi ijtimoiy ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy va ekologik maqsadlarini o'zaro muvofiqlashtirishdir. Bunda davlat, hududiy, mahalliy tashkilotlar hamda ishlab chiqaruvchilarning umumiy maqsadi nazarda tutiladi. 1992 yil Rio-de-Janeyro shaxrida BMT rahbarligida bo'lib utgan jahon tabiatni muhofaza qilish anjumanida kabo'l qilingan «XXI asr uchun kun tartibi» hujjatida shunday deyilgan: «Strategiyalar iqtisodiyotni ijtimoiy javobgarlik taraqqiyoti uchun yo'naltirilgan bo'lishi, bu jarayonda ishlab chiqarish uchun resurslar bazasi saqlanishi va kelajak avlod uchun atrof-muhit saqlanishi kerak». Bu shior har bir mamlakatda iqtisodiyotning barqaror taraqqiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega. Tabiatdan foydalanish obyektlari nixoyatda ko'p: u biror tabiiy resursgtabiiy majmua (landshaft), rekreatsiya hududi va boshqalar bo'lishi mumkin. Inson ulardan me'yorga yarasha foydalanadi, boyliklarni xo'jalik muomalasiga kiritadi, binobarin, tabiatda turli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Darvoke, tabiat inson tomonidan boshqaruvga muhtoj, aksincha, turli tabiiy va antropogen jarayonlar rivojlanishi natijasida tabiatdan foydalanish samaradorligi keskin pasayib ketadi yoki obyekt muomaladan chikadi. Demak, tabiatdan foydalanish obyekta inson tomonidan muntazam sifatli boshqarilishga muhtoj. 2. Tabiatdan boshqarishning huquqiy asoslari. Mamlakatda harakatda bo'lgan ekologik huquq tizimi strukturasi obyektlar bo'yicha tabiatdan foydalanish, uni muhofazalash va ekologik xvfsizligini taminl䐰shni huquqiy tartibga solishni kamrab oladi. «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida», «Ekologik ekspertiza to'g'risida», «alohida muhofaza qilinadigan hududlar to'g'risida», «Aholining sanitariya-epidemiologik xavfsizligi to'g'risida» va boshqalar (umumiy kism), Yer kodeksi, Suv kodeksi, Urmon kodeksi, «Yer osti boyliklari to'g'risia» qonuni, «hayvonot olami to'g'risida» qonun, «o'simliklarni muhofaza qilish to'g'risida» qonun, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida» qonun (alohida kism). Davlat mikyosida ularga shu sohadagi Prezident farmonlari, hukumat karorlari, idoralarning instruksiyalari va uslubiyatlari, regional viloyatlar darajasidagi ijroiya hokimiyati karorlari, tumanlar darajasida ma'muriyat karorlari kiradi. Ekologik qonunchilik tizimining asosiy qonuni «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonun hisoblanadi. hozirgi paytda qonunlar ekologik huquqbuzarlik uchun quyidagi javobgarlik turlari belgilangan: intizomiy, moddiy, ma'muriy, jinoiy javobgarlik. fuqarolar, mansabdor shaxslar uchun intizomiy, ma'muriy, jinoiy, moddiy javobgarlik, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.62 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.62 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: doc