Reja: 1. Tabiatdan foydalanishning ekologik samaradorligi 2. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi. 3. Tabiatdan noto'g'ri foydalanishning ijtimoiy-iqtiosodiy oqibatlarini baholash. 1. Tabiatdan foydalanishning ekologik samaradorligi. Tabiatdan foydalanishning ekologik (tabiiy) va iqtisodiy samaradorligi o'zaro bog'liq va bir-birlarini takazo etishi bilan tavsiflanadi. Tabiatda komponentlar orasida o'zaro barqaror muvozanat mavjud bo'lsa, noxo'sh tabiiy va antropogen jarayonlar rivojlanishi muntazam boshqarilsa, resurslardan foydalanish oqilona amalga oshirilsa, tiklanadigan boyliklarni ularning foydalanish darajasiga qarab sun'iy ravishda tiklash ishlari maromida bajarilsa, umuman olganda, tabiatni muxrfaza qilish va boyliklardan foydalanish ilmiy asosda boshqariladigan tabiat majmualarida amalga oshirilsa, ekologik samaradorlikka erishiladi. Ekologik samaradorlik. U tabiatdan foydalanish jarayonida bir kator tabiiy va antropogen omillarning faoliyatiga bog'liq. Bu omillar tabiiy muhitning optimal vaziyatda rivojlanishiga ta'sir etishi bilan bog'liq, yoki tabiiy majmualar kanchalik ilmiy asoslangan tarzda barqaror boshqarilsa, ular shunchalik yuqori darajada ekologik samaradorlikka ega bo'ladi va aksincha. Ekologik samaradorlikni taminlovchi tabiiy omillardan biri tabiiy muvozanatdir. Ekologik muvozanat mavjud bo'lgan tabiiy majmua (landshaft, geotizim), uning tuzilmali dinamik holati me'yoridaligi komponentlar orasida o'zaro bog'liqlik va ta'sir tabiiy muvozanat holdaligi, resurslar mahsuldorligining yuqoriligi, tabiiy muhit ifloslanmaganligidan darak beradi. Darvoke, mazkur tabiiy majmua yuqori darajada samaradorlikda tabiat va jamiyat tizimida faoliyat ko'rsatmokda, deb baholash mumkin. Ekologik muvozanat barqaror bo'lgan hududda atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar (sanoat korxonalari, transport, qishloq xo'jaligi korxonalari va b.) ta'siri sezilmasligi mumkin, agar Uzoqda joylashgan bo'lsa yoki ulardan texnogen chiqindi chiqarish hajmi me'yordan ortmasa, binobarin, malum tadbirlar majmuasi muntazam kullanib borilsa, bu atrof-muhitni salbiy o'zgarishlardan muhofaza qiladi. Tabiiy majmualarnig barqaror xususiyatga ega bo'lishi ularning o'z-o'zini tozalash va qayta tiklash qobiliyatlarining yuqori darajada ta'minlanganligidan darak beradi. Ularda atmosfera havosi yoki suv havzalari orqali kelib kolgan turli chiqindilar malum muddatda tabiiy yuvilish jarayonida chetga chikib ketadi, landshaft majmualarida inson xo'jalik faoliyati ta'sirida o'zgarish bo'lishi ( yaylov, urmon, tuproq, va boshqalardagi degradatsiya hodisasi ) mumkin, lekin malum vaqtdan sung yana qaytadan tabiiy xoliga o'zgaradi. Bu xususiyat tabiiy majmuaning qayta tiklash qobiliyatining nixoyatda kuchliligi bilan bog'liq. Mazkur tabiiy xususiyatlar landshaftlar resurslarining ekologik jihatdan tozaligini ta'minlaydi, bu borada ayniqsa, atmosfera havosi va suv havzalarining musaffoligi juda ham muhim, tuproqning texnogen chiqindilardan xoli bo'lishi etshitiriladigan ekin mahsulotlarini ekologik jihatdan tozaligini ta'minlaydi, bu esa o'z navbatida inson va chorva mollarining salomatligini kafolatlaydi. Barkoror tabiiy majmualar yaylov, tuproq., pichanzorlarning mahsuldorligi, suvning tozaligi, yer osti suvlarining ifloslanmaganligi, urmonlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Tog oldi va tog majmualari tabiatining insonga xizmat qiluvchi imkoniyatlari bisyor va katta salohiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Kulay va eng kulay rekreatsiya resurslari minglab aholini musaffo havo, toza suv, betakror tog manzaralariga boy ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.47 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.47 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: doc