Tabiatdan foydalanishning geoekologik asoslari Reja: 1.Tabiatdan foydalanish jarayonining umumiy ta'rifi. 2.Tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlari va qonuniyatlarini hisobga olish zarurligi. 3.Tabiaatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari va ularga amal qilish. 4.Tabiiy resurslardan foydalanishning ustivor yo'nalishlari (asosiy resurslar bo'yicha). Tabiat boyliklaridan foydalanish murakkab jarayon.Ayniqsa, hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot bosqichida resurslarni xalq xo'jaligi muomlasiga ko'plab kiritilayotgan bir paytda tabiiy muhit inson omili ta'sirida kuchli o'zgarishlarga duchor bo'lmoqda. Buning oqibatida ekologik vaziyat jildiylashmoqda, aholining sog'lig'iga putur yetkazilmoqda, boyliklarni qashshoqlashishi tezlashmoqda, tabiat komponentlari ifloslanmoqda va b. Bu vaziyatda tabiatdan foydalanishni ilmiy asoslash naqadar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlari va qonuniyatlarini e'tiborga olish. Inson-tabiatning bir qismidir. Insonning tabiat bilan aloqasi ularning o'zaro ta'sirida seziladi. Insonning tabiat bilan o'zaro ta'sirining o'ziga xosligi uni turmushining madaniy darajasida yaxshi ifodalaydi. Ma'lumki, ekologik ong yoki savodxonlik ekologii madaniyatni belgilaidi. Ma'rifatparvarlardan biri shunday degan ekan: agar madaniyat stixiyali rivojlansa, u holda undan so'ng faqat cho'l qoladi, bu gapning ma'nosi ancha chuqur, hozirgi vaqtda bu o'tmish haqida darak beribgina qolmay, balkim kelajakka nisbatan ogox bo'lishlik to'g'risida xam xabar beradi. SHuni e'tiborga olib inson faoliyati jamiyatda tabiat qonunlariga qanchalik rioya qilsa, yoki mos kelsa bu harakat jamiyat uchun xam foydalidir. Va aksincha, uni faoliyati tabiat qonunlariga mos kelmasa, u holda jamiyat uchun xam yomon, chunki bu holda resurslarning holati va sifatiga ta'sir etuvchi noqulay tabiiy jarayonlar tarkib topishi tezlashadi. Fanda shu narsa ravshanki, tabiat va jamiyat bir butun tizimdan iborat, bunda ayrim hodisalar bir-birlari bilan organik bog'liqlik mavjud bo'ladi. Tabiat o'z tarkibiga juda xam ko'plab aniq shakllarni birlashtiradi, ular bir-birlari bilan o'zaro ta'sirda va bog'liqlikda mavjud. Tabiatning tub qonunlaridan biri moddiy tizim va atrof muhitning birlik qonunidir, bu qonun barcha xollarda xam muntazam namoyon bo'ladi. Jamiyatga nisbatan tatbiq qilinganda uni geografik muhit bilan birgalikda ekanligi yaqqol namoyon bo'ladi. Odatda tabiatda xar qanday hodisa o'zgarishi o'zaro ta'sirda bo'lgan boshqa hodisalarni xam o'zgarishiga olib keladi. Bu jarayonda o'zaro harakat tizimida eng ta'sirchan bo'lgan hodisalar tarkibida kuchli o'zgarishlar yuz beradi. Binobarin, tabiatda bir nuqtada yoki hududda bo'lgan o'zgarishlar mos ravishda boshqa hududlarda o'zgarishlarini sodir bo'lishini taqozo etadi. Bu xol, ayniqsa, geopara, paragenetik geotizimlarga xos. Orolbo'yi va Orol, Balxashbo'yi va Balxash va boshq. Tabiiy muhitning tezkorlik bilan o'zgarishida landshaftlarning turli tumanligi qonuni ta'siri jiddiy ahamiyatga ega. Tabiat bilan jamiyat o'rtasida ma'lum ma'noda tabiatning xilma-xilligi ustivor ta'sirga ega. Tadqiqot natijalariga ko'ra, tabiat va resurslarni xilma-xilligi qanchalik ko'p bo'lsa jamiyat taraqqiyoti uchun yaxshi sharoitlar vujudga keladi va akgincha. Bu yo'nalishda moddiy tizimlar birligi va ularni o'rab turuvchi tabiiy muhit ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.97 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.97 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: doc