Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillari va iqtisodiy mexanizm elementlari

Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillari va iqtisodiy mexanizm elementlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillari va iqtisodiy mexanizm elementlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillari 2. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizm elementlari. 3. Majmuali ekologik dasturlar haqida tushuncha. 1. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillari. Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi bir necha tamoyillarga asoslanadi. Ushbu tamoyillar ijtimoiy ishlab chiqarish amaliyotida ko'p yillar mobaynida yuzaga kelgan. Tabiatdan foydalanishning asosiy tamoyillaridan biri pullilik hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida har qanday tabiiy resurslardan foydalanish malum to'lovlar natijasida amalga oshiriladi. Sotsializmda yer, suv va boshqa resurslar korxona, xo'jalik va fuqarolar tomonidan bepul foydalanilgan. Bu tamoyilning noto'g'riligi shundaki, ulardan foydalanuvchilar katta xajmda nobudgarchilikka yul kuyar, yer va suvning sifatini saklab qolish to'g'risida kaygurmas edilar. Shuning uchun ham O'zbekistonda 60-80- yillarda sugorma erlarning talay qismi shurlanish, eroziya, deflyatsiyaga uchradi, kashshoklandi, tabiiy mahsuldorligi 1,5-2 barobar kamayib ketdi. Suv resuruslaridan oqilona foydalanmaslik oqibatida Orol dengizining satxi 1961 yildan etiboran pasayish yo'nalishiga utdi, suvning ifloslanishi tufayli qishloq aholisi turli kasalliklarga chalina boshladi, sugorma yerlar shur suv bilan sugorilishi natijasida tuproq shurlanishi kuchaydi va boshqalar. Bu salbiy hodisalar uchun xech kim javobgarlikka tortilmas edi. Yer va suvdan ekstinsiv foydalanish oqibatlari ekologik vaziyatni jiddiylashtirdi, o'z navbatida bu ahvol iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib keldi. Pullilik tamoyili negizida tabiiy resurslarning iqtisodiy (qiymat) bahosi turadi. Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda tabiiy yer fondi uchun tabaqalashgan tarzda yer egalaridan solik undiriladi. Bizning mamlakatimizda xali bu darajaga erishilganicha yuk, chunki yer malum ko'rsatkichlar asosida o'z bahosiga ega bo'lishi kerak, boshqacha aytganda yer kadastri ishlab chiqilgan taqdirda soliklar o'ta tabaqalashgan imkonga ega bo'ladi. Hozir bu yo'nalishda mamlakat mikyosida tayyorgarlik ishlari olib borilmokda. Yerni, xususan, sugorma yerni, pul jihatidan baholash ishlab chiqarishda uni boshqa resurslar bilan solishtirish imkonini beradi, bu xol yerning meliorativ holati buzilishi, uning turli qurilish obyektlari uchun chegirib olinishi, muomaladan chikib ketishi, ekin ekmagan yil zarari va boshqa oqibatlarni sarhisob qilish imkonini beradi. Yerning ishlab chiqarish bahosi aniqlanishi va dehqonlar, fermerlarga, xullas, barcha toifadagi foydalanuvchilarga malum muddatga berilishi avvalo undan samarali foydalanish tamoyiliga to'liq amal qilinishiga imkon beradi. Foydalanuvchi yerning meliorativ holati muntazam alo darajada bo'lishini ta'minlashga intiladi, yer turli tabiiy hodisalar ta'sirida muomaladan chikib ketishining oldi olinadi, yerdan iloji boricha maksimal foydalanishga harakat qilinadi. Boshqacha aytganda yer haqiqiy egasini topadi. Tabiiy resurslardan foydalanishning pullilik yo'liga utilishi bir kancha ekologik va iqtisodiy masalalarni xal etish imkonini beradi: a) ulardan samarali foydalanishga kizikish kuchayadi; b) resurslarni qayta takror ishlab chiqarish uchun qo'shimcha moliyaviy manbalar vujudga keladi; v) qo'shimcha daromad midori ortib boradi. Tabiatdan foydalanishning ilmiy jihatdan asoslash tamoyili jamiyatning ekologik va iqtisodiy manfaatlarini, puxta uylab ish tutishni, inson uchun sog'lom va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.16 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.16 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga