Tabiatdan foydalanishning mohiyati va geografik jihatlari

Tabiatdan foydalanishning mohiyati va geografik jihatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatdan foydalanishning mohiyati va geografik jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Tabiatdan foydalanishning mohiyati va geografik jihatlari Reja: Tabiatdan foydalanishning asosiy maqsadi va vazifalari. Tabiatdan foydalanish - fanlararo integrativ ilmiy soha. Tabiatdan foydalanishning geografik jihatlari. Tabiat va jamiyatning ozaro munosabatlari Tabiatdan foydalanishning asosiy maqsadi va vazifalari. Jamiyatning tabiatga ta'siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda atrof tabiiy muhitni optimallashtirish (lot. optimus eng yaxshi) hamda inson va uning muhiti orasidagi o'zaro ta'sir strategiyasini ishlab chiqish asosida tabiatdan foydalanish tizimini shakllantirish muammolari muhim ahamiyatga ega. Tabiiy resurslarning yalpi unumdorligi ularning rivojlanishi va tabiat bilan bo'lgan aloqalarining asosini tashkil etadi. Muayyan landshaft doirasida amalga oshiriladigan tabiatdan foydalanish ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiy muhit ta'siri hamda modda almashinuvini amalga oshirishning asosiy shaklidir. Tabiatdan foydalanish - tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va qayta tiklashga qaratilgan turli faoliyatlar majmuasi bo'lib, pirovardida atrof muhitga ta'sir ko'rsatadigan hamda sanoat, qishloq xo'jaligi, noishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan xo'jalik tadbirlarining keng va murakkab tizimidir. Bu tadbirlar tizimi inson xo'jalik faoliyatining ham foydali, ham nomaqbul oqibatlarini o'z ichiga oladi. Geografik qobiq doirasidagi tabiiy muhit - tabiatdan foydalanishning asosiy obyektidir. Tabiiy muhit kishilik jamiyati yashaydigan va inson xo'jalik faoliyati jarayonida o'zgartiriladigan muhit, ya'ni geografik qobiqning ijtimoiy rivojlanishining bevosita sharoiti bo'lgan qismidir. Tabiatdan foydalanish muammosining o'ziga xosligi uning ularning salohiyatini oshirishga doir tadbirlar bilan birga bo'lishi zarur. Bu vazifa muammolarning ikkinchi majmuasiga - landshaftning mavjudligi jarayonlarini boshqarishga o'tishni taqoza etadi. Chunki, tabiiy jarayonlarni uzluksiz ravishda qo'llab-quvvatlab turish va maqbul yo'nalishda va zarur holatda tartibga solish madaniy landshaftni buzilgan landshaftdan farq qilishiga imkon beradi. P.N. G'ulomovning fikricha madaniy landshaftlar bunyod etish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim: 1. Madaniy landshaftlar jamiyatning iqtisodiy, rekreatsion va estetik talablariga to'liq javob berishi kerak. Kishilarning yashashi uchun ekologik sharoit eng qulay va atrof muhit musaffo bo'lishi lozim. 2. Madaniy landshaft bir xil manzarali bo'lmasligi kerak. Uning ichki xilma - xilligi landshaftda barqarorligi uchun muhim shartdir. Shuning uchun madaniy landshaftda ekinzorlar bilan daraxtzorlar va boshqa geosistemalar bo'lishi zarur. Shunday qilib, madaniy landshaftlarda unumdorlik, iqtisodiy samaradorlik zarur shart - sharoit qulay, tabiiy muhit sog'lom, musaffo va rangbarang bo'lishi kerak. qolgan geologik joylar, sharsharalar, tub o'simlik qoplamining omon qolgan qoldiqlari va b.) tabiat yodgorliklari sifatida belgilash va asrash lozim. Shuningdek, landshaftlarning muhofazaviy, rekreatsiya, madaniy - tarbiyaviy, iqtisodiy vazifalarini birgalikda amalga oshirishning eng maqbul shakli milliy va tabiiy bog'larni yaratishdir. Tabiatdan foydalanishning bunday shaklida kam o'zgartirilgan landshaftlar bilan bir qatorda xo'jalikda foydalanilayotgan joylar ham kirishi mumkin; ayniqsa tabiiy va madaniy - tarixiy yodgorliklarning mavjud bo'lishi maqsadga muvofiq. Milliy va tabiiy bog'lar ommaviy kelish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.39 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.39 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga