Tabiatdan unumli foydalanish tadbirlariga mablag'lar ajratish va davlat ekologik ekspertizasi

Tabiatdan unumli foydalanish tadbirlariga mablag'lar ajratish va davlat ekologik ekspertizasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatdan unumli foydalanish tadbirlariga mablag'lar ajratish va davlat ekologik ekspertizasi - rasmi

Material tavsifi

Tabiatdan unumli foydalanish tadbirlariga mablag'lar ajratish va davlat ekologik ekspertizasi Reja: Tabiatdan foydalanishni boshqarishning asosiy instrumentlari Ekologik fondlar tizimi. Davlat ekologik ekspertizasi. Tabiatdan foydalanishni boshqarishning asosiy instrumentlari Ekologik monitoring. Ekologik monitoring atrof tabiiy muhit va uning resurslari holatini malum dastur asosida muntazam kuzatish, baholash, bashoratlashning malum tizimi bo'lib ekologik - iqtisodiy boshqarishni axbarotlar bilan ta'minlashga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasidagi milliy monitoring tizimi uch turni o'z ichiga oladi: sanitariya - gigiyena monitoringi, ekologik monitoring, iqlim monitoringi. Ularning funksiyalari qo'yidagilar: atrof muhit holatini kuzatish, holatini baholash, va bashoratlash. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tahliliy nazorat davlat inspeksiyasi hozirgi vaqtda Respublikamizning havo muhiti, tuproq va ochiq suv havzalari yagona monitoring tizimini barpo etish ishlarini amalga oshirayotir. Uning asosiy faoliyati ifloslantirish manbalari monitoring dasturini amalga oshirishga yo'naltirilgan. Monitoring tizimini yanada takomillashtirish uchun muntazam kuzatuvlarning texnologik darajasini takomillashtirish va monitoring tarmog'ini kengaytirish lozim. Ekologik standartlar va normativlar. Har bir mamlakatda bo'lgani kabi atrof muhitni muhofaza qilishning va tabiiy resurslardan foydalanishning standartlari va normativ huquqiy tizimi O'zbekistonda ham yaratilgandir. Mazkur standart va normativlar atrof muhit sifatiga qo'yilgan cheklashlar va talablarning o'zaro bog'liq kompleksi, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqarish texnologik va tashkiliy boshqaruv jarayonlariga talablar bo'lib, ular vositasida aholi va ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligi kafolatlanadi. Genetik fondni saqlash, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni takror ishlab chiqarishni ta'minlash ham uning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. O'zbekistonda qabul qilingan standart va normativlarga quyidagilar kiradi: ifloslantirishning turg'un va harakatdagi manbalari chiqaradigan ifloslantiruvchi moddalariga normativ va limitlar; zaharli chiqindilarning shakllanishi va joylashish normativi; suv olish va o'rmondan foydalanish limitlari; bioresurslardan foydalanishga kvotalar; muhofaza qilinadigan hududlardan foydalanish va borib ko'rish normativlari; yovvoyi o'simlikni yig'ish va hayvonlarni ovlash normativlari ; alohida hududlarda ifloslantiruvchi hamda zaharli moddalardan foydalanishni taqiqlash normalari Tabiatni muhafaza qilish to'g'risida gi qonunning oltinchi bo'limi atrof muhit sifatini normativlar va standardlar bilan tartibga solishga bag'ishlangandir. Shuningdek, O'zbekston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati to'g'risidagigi qonunining qator moddalarida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normatevlariga qo'yiladigan talablar berilgan. Atrof muhitga ta'sirining yo'l qo'yish mumkin bo'lgan eng yuqori darajasi normatevlarning iqtisodiy, ijtimoiy, rekratsiya, tabiiy muhitga fizik, kimyoviy, biologik, o'zgarishlari ko'rsatkichlarini belgilashga asos bo'ladi. Atrof muhit sifatiga ta'sirining yo'l qo'yish mumkin bo'lgan normatevlari vakolatli davlat organlari tasdiqlagan texnik normalardir. Ekologik normatevlar ikki guruhga bo'linadi: sanitariya-gigiyena; ishlab chiqarish-xo'jalik; Sanitariya-gigiyena normatevlari inson salomatligiga muvofiq keluvchi atrof muhit ko'rsatkichlarini belgilaydi. U aholini sanitariya-epedimologiya masalalarida xotirjamlikligini ta'minlash asosining tarkibiy qismiga kiradi. Bunda zaharli moddalar, radiaktev moddalar, hamda shovqinning yo'l qo'yish mumkin bo'lgan normalarini belgilaydi. Ishlab chiqarish-xo'jalik normatevlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.52 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.52 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga