Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanishning ekologik, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy jihatlari

Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanishning ekologik, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy jihatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanishning ekologik, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy jihatlari - rasmi

Material tavsifi

TABIATNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISHNING EKOLOGIK, IJTIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY JIHATLARI WW.ARXV.o'z REJA: 1. Tabiiy muhit holatini o'rganish, tushunish va baholash muammolari. Ekologik monitoring. 2. Ekologik ekspertiza. Atrof-muhitga ta'sirni baholash. Ekologik bashoratlashtirish. Ekologik ta'lim-tarbiya masalalari. 3. Urbanizatsiya va atrof-muhit. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. Tayanch iboralar: ekologik nazorat, regressiv va progressiv o'zgarishlar XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta'siri o'zining yuqori bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod ko'z o'ngida mahalliy va mintaqaviy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunday murakkab davrda ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, ta'limiy, madaniy ahamiyatlari tobora ortib bormoqda. Atrof muhit holatini baholash, zarur tadbirlarning o'z vaqtida o'tkazilishini ta'minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog'liqdir. Atrof muhit holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi - monitoring , ekologik vaziyatni o'rganish va baholash imkoniyatini beradi. Monitoring ko'chma laboratoriyalar, turg'un postlar va maxsus jihozlangan observatoriyalarda olib boriladi. Lekin monitoring tizimi turi biosfera va uning alohida hududlaridagi ekologik vaziyatni to'g'ri baholash uchun har doim ham yetarlicha imkoniyatga ega emas. Natijada atrof muhit holati va mavjud ma'lumotlar o'rtasida farqlar bo'lishi muqarrar. Shuning uchun hozirgi kunda atrof muhitdagi o'zgarishlarni to'g'ri va isxonarli baholash muammoli vazifadir. Atrof muhit holatini to'g'ri va isxonarli baholash kelajakda yuz berishi mumkin bo'lgan ekologik o'zgarishlarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. WW.ARXV.o'z Yoshlarga ekologik tarbiya berishda tabiat qo'yniga ekskursiya va yurishlar uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilada ekologik ta'lim va tarbiya muhim rol o'ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko'p jihatdan aholini ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog'likdir. Ekologik ta'lim va tarbiya BMT, YUNESKO, YUNEP, va VOZ kabi tashkilotlarning diqqat markazidagi masaladir. (YUNESKO - BMTning fan va madaniyat ishlari bo'yicha shug'ullanadigan mustaqil bir tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. BMTning o'zi esa Nyu-York shahrida joylashgan, unga dunyodagi 190 ta davlat kiradi.) Ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o'tkazmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo'lishi va o'z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo'shishi lozimdir. XXI - asr ekologiya asri bo'lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan o'zgartirish, tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o'zining munosib hissasini qo'shishi lozimdir. Hozirgi davrda ekologik fojialar bir mamlakat yoki mintaqa chegarasidan chiqib, global darajada katta territoriyalarni egallamoqda (ozon qavatining siyraklashuvi, Sahroi Kabirni janubga siljishi, yerlarni eroziyaga uchrashi, atmosfera havosining ifloslanishi va hoka'zolar). Sodir bo'lgan global darajadagi ekologik muammolar xalqaro tashkilotlarni, davlat arboblarini, siyosatchilarni aralashuvi orqali hal qilish mumkinligini ko'rsatmoqda. Birlashgan Millatlar tashkiloti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.91 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.91 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga