Tabiatni muhofaza qilishda qo'llaniladigan texnika va uskunalarning fizik va mexanik ishlash prinsiplari Reja: 1. Gaz aralashmalari tarkibidan ifloslantiruvchilarni ajratib olishning fizik prinsiplari. 2. Ifloslantiruvchilarni ajratib olishning mexanik prinsiplari. 3. Tozalash qurilmalarining ish samaradorligini aniqlash. 4. Ba'zi bir tozalash qurilmalarining texnik tavsiflari va ishlash prinsiplari. Gaz aralashmalari tarkibidan ifloslantiruvchilarni ajratib olishning fizik prinsiplari Gazlarning tarkibidagi qattiq va suyuq aralashmalar ajratuvchi qurilmalarda jarayon bir necha bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich: qattiq va suyuq zarrachalar gaz oqimidan ajratilib, separator devoriga yig'ilishi yoki cho'ktiruvchi qismga tushishi kerak. Bu bosqichda gaz tashuvchidan aralashmalarni ajratib olishda turli prinsip va harakatdagi kuchlar qo'llaniladi: gravitatsion, inertsion, tutuvchi, diffuzion va elektrostatik kuchlar. Gaz oqimidan changni tutib qolish uchun koagulyatsiya, termoforez, diffuzoforez, pezoforez, ho'llash prinsiplari, shuningdek ultratovushli yoki magnitli klassifikatorlar qo'llaniladi. Ikkinchi bosqich: gaz aralashmalari kollektor ichiga yo'naltiriladi. Bu turli yo'llar bilan amalga oshiriladi. Gaz-tashuvchi oqim quruq mexanik separatorga qabul qilinadi, qaysiki yig'uvchi yuzaga yaqin bo'ladi va u yerdan kollektorga o'tadi hamda mexanik ravishda tozalanadi. Elektrostatik cho'ktirgichlar va yengli filtrlarda chang avvalo ichki yuzada to'planib, so'ngra turli vaqt oraliqlarida undan silkitish yoki taqqillatish yo'li bilan chiqariladi. Bu bosqichlarda qo'llaniladigan usulga qarab tozalash bir necha bosqichdan o'tadi. Bunda turli holat va prinsiplar, ya'ni gaz oqimining harakat kuchlari, inertsiyasi, namligi, gravitatsiyasi va silkinishlari hisobga olinadi. Separatorning so'nggi bosqichi bu to'plangan changni bir necha bosqichda chiqarib yuborishdan iborat, ya'ni uzluksiz chiqarish, uzlukli chiqarish, vaqt oralig'ini esa avtomatik yoki qo'l bilan boshqarish mumkin. Bundan tashqari jarayonda qo'shimcha ta'sirlar ham qatnashishi mumkin- oqimning turbulentligi, chegara qatlamining xarakteristikasi, changning separator devorlariga nisbatan adgeziyasi va boshqalar. Bu ishlar jiddiylikni talab qilganligi uchun odatda ko'pgina turdagi separatorlar ko'pincha sanoatda eksperimental va tajriba sinov yo'llari bilan qo'llab ko'riladi. 12.2. Ifloslantiruvchilarni ajratib olishning mexanik prinsiplari. Ifloslantiruvchilarni aralashmalar tarkibidan ajratib olishda quyidagi mexanik prinsiplar ishtirok etadi: og'irlik kuchi, qattiq zarrachalarning inertsiyasi, bevosita zarrachalarni tutib qolish, gaz oqimida qattiq zarrachalarnining diffuziya hodisasi. Og'irlik kuchi ta'sirida cho'ktirish bir qator kamchiliklarga ega: zarrachalarning cho'qish tezligi ancha kichik; cho'ktirish qurilmalarining o'lchamlari ancha katta; mayda zarrachalarni gravitatsion maydonda ajratib olish qiyinligi tufayli, bu usuldan odatda turli jinsli sistemalarni birlamchi ajratish uchun foydalaniladi. Aralashma zarrachalarining o'lchami 5 mkm yoki ularning zichligi muhit zichligiga yaqin bo'lsa, bunday sharoitda gravitatsion usuldan foydalanish juda kam samara beradi. Bunday zarrachalarni suspenziya va emulsiya tarkibidan samarali ajratib olish uchun markazdan qochma kuch maydonidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki markazdan qochma kuchning qiymati og'irlik kuchiga nisbatan bir necha marta katta bo'ladi. Markazdan qochma kuch maydoni ajralishi lozim bo'lgan oqimning aylanma harakati natijasida hosil ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
372.77 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
372.77 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: doc