Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik va ularning amaldagi faoliyati

Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik va ularning amaldagi faoliyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik va ularning amaldagi faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik va ularning amaldagi faoliyati Reja: 1. Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik 2. xalqaro tashkilotlar va xalqaro hamkorlik konvensiyalari 1. Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik Hozirgi vaqtda global xarakterga ega bo'lgan ekologik muammolarni hal qilishlik muhim va zarur ekanligi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olindi. Mamlakatlarning geografik o'rni va iqtisodiy rivojlanishidan qati nazar, ularning serqirra va o'zaro bog'liqligi umumiy chora va takliflarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shu bilan birga, jahonning turli mamlakatlari atrof-muhitni sog'lomlashtirish dasturlarini hayotga tatbiq qilish bo'yicha bir xil imkoniyatga ega emas. Bu borada hamkorlik va dunyo hamjamiyatining yordami ham muhimdir. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishdagi xalqaro aspektlar quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi: - tabiatdan foydalanish milliy dasturlarini tatbiq qilishda tajriba almashuv; - davlatlararo dastur va bitimlarni yaratish va joriy qilish; - «atrof-muhitni» holatini nazorat qilish bo'yicha xalqaro tashkilotlarni tasis qilish va qabul qilingan bitimlarni bajarish. Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish milliy dasturlari ishlab chiqilib, qabul qilinib ishlamoqda. Bu dasturlarni hayotga tatbiq qilish, birinchi navbatda to'planib qolgan ifloslanishni yo'qotishga qaratiladi, ko'zda tutilgan choralar asosan ishlab chiqarish faoliyatida kelib chiqqan noxush natijalarga taalluqli bo'ladi va deyarli atrof-muhitni buzuvchi bosh sabablarga qaratiladi. Bunday yondashuv dastlab o'zini oqladi, keyinchalik esa bazi hollarda ekotizimni buzilganligi sababli tezkorlik bilan uni qutqarishga to'g'ri keldi. Hozir bularga boshqacha urg'u berilyapti. Ko'pgina mamlakatlarda tabiatdan foydalanish bo'yicha majmuali dasturlar qabul qilingan. Bular qonuniy ravishda amal qiladi. Unda tabiatdan foydalanish faoliyatini tartibga solish bo'yicha davlatning kuchli roli o'z ifodasini topgan, huquq va mas'uliyati aniqlangan. Rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan foydalanish tadbirlariga davlatning aralashuvi sezilarli xarakterga ega. Boshqarish tizimlari tuzilib, ularda tabiatdan foydalanish siyosatining maqsadi, ularning obyektlari (havo basseyni, suv tizimlari, yer resurslari, o'rmonlar va boshqalar) ko'rsatilgan. Atrof-muhit monitoringi, jarayonlarni boshqarish, moliyalashtirish, tabiatdan foydalanish faoliyatlarini rag'batlantirish qoidalari ishlab chiqilgan. Oxirgi yillarda atrof-muhit holatiga masul tarmoq vazirliklarini o'z ichiga olgan davlat boshqaruv organlarining ko'payishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Barcha mamlakatlarda milliy masshtabda tabiatdan foydalanish siyosatiga rahbarlikni uyushtiruvchi markaziy organlar paydo bo'ldi. Masalan, Yaponiyada atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Fransiyada vazirlik, AQSH da atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha Federal Agentlik (qator shtatlarda o'z bo'limiga ega) va boshqalar. Tabiatni muhofaza qilishni davlat tomonidan tartibga solish usullarini turliligiga qaramasdan, bu yerda umumiylik shundan iboratki, davlat tabiat muhofazasi siyosatining maqsadlarini o'rnatadi, tabiatdan foydalanuvchilar bilan o'zaro munosabat me'yorlarini, yani xo'jalik mexanizmi deb ataluvchi qoidalarni ishlab chiqadi. Bu mexanizm o'zining elementlari bilan iqtisodiy va noiqtisodiy xarakterga ega bo'lib, bozor munosabatlari asosida harakat qiladi. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda ekologik siyosatni o'tkazish va harakat qilish asosida turli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.79 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.79 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga