Tabiatshunoslikning fizikaviy konsеptsiyasi Reja: 1. Tabiatshunoslik, tabiiy fanlarning predmeti 2. Tabiatshunoslikning eng asosiy vazifasi 3. Fazoning birinchi tugallangan nazariyasi Tabiatshunoslik, tabiiy fanlar deganda tabiat to'g'risidagi: fizika, kimyo, biologiya, geologiya, geografiya va boshqa fanlar tushuniladi. Tiibiatshunoslikning o'zi nimaq Tabiatshunoslik - bu tabiiy hodisalarni belgilovchi farazlarni tajribada tekshirish va shu orqali nazariya yoki empirik uiniimlashtirishlar yaratishga asoslangan fandir. Tabiatshunoslik, tabiiy fanlarning predmeti-sezish organlarimiz orqali his ctadigan jarayonlar va hodisalardir. Olimlarning vazifasi -bu jarayonlarni timumlashtirib, tabiat hodisalarini boshharadigan qonunlarni o'z ichiga oladigan nazariy model yaratishdan iborat. llm-fanning qonunlarini shakllantiradigan tajriba natijalarini, empirik umumlashmalarini va nazariyaiarni bir-biridan farqlash lozim. Masalan, Olamda o'zaro tortishish hodisasi bevosita lajribada kuzatiladi, Fanning qonuni, masalan, Butun o1am tortishish qonuni - bu hodisani tushuntirishning bir varianti sanaladi. Fanda faktlar o'zining doimiyligini saqlaydi; qonunlar esa ilm-fan rivojlanishi bilan o'zgarishi mumkin. Masalan, fundamental qonun, Butun o1am tortishish qonuniga nisbiylik nazariyasi yaratilgach o'zgartirishlar kiritildi. Haqiqatni aniqlash jarayonida sezgi va tafakkurning ahamiyati murakkab falsafiy masaladir, Tajribada tasdiqlangan holatlar fanda haqiqat deb tan olinadi. Shuning uchun tabiatshunoslikning asosi shundan iboratki, tabiat to'g'risidagi bilimlar empirik tekshirishdan o'tgan bo'lishi kerak. Tabiatshunoslik fanfari texnika fanlaridan, dunyoni bilishga haratilganligi bilan, matematikadan esa belgilar tizimini emas, balki tabiat tizimlarini tadqiqot qilishi bilan farq qiladi. Fizika - tabiat to'g'risidagi, uning umumiy qonuniyatlarini o'rganadigan fan. Shuning uchun tabiatshunoslik asosida fizika va uning qonunliri yotadi. Fizikaning boshqa tabiiy fanlarga kirib borishi shunchalik ko'p qirraliki, ularning tutashgan joylarida yangi tabiiy fanlar paydo bo'ladi, masalan, biofizika, geofizika, astrofizika, fizik kimyo va hokazolar. Fizika insonning texnikaviy yutuqlari asosini aniqlab bersa, biz tabiatshunoslik to'g'risidagi o'quv kursirii biologiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Biologiya tirik tabiat to'g'risidagi fandir. Fizika va biologiya fanlarining tabiiy ravishda bir-birini to'ldirishi olamning tabiiy-ilmiy manzarasiga ' asos solishga imkon beradi. Fizika va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishi nimaga asoslanganq Eng avvalo, insoniyatning amaliy ehtiyojiga. Masalan, XIX asrda issiqlikni ishga aylantira olishga hodir bo'lgan issiqlik mashinalariga bo'lgan ehtiyojni qondirish uchun fanda yangi termodinamika yo'nalishi paydo bo'ldi. Insoniyalning tarixi shundan dalolat beradjki, agarda jamiyatda muhim ehtiyoj tug'ilsa, u ilm-fanni bir necha universitctlarga nisbatan ham ko'proq olg'a suradi. VII-XV asrlarda Sharqda fan gurkirab rivojlandi. ilk akademiyalar paydo bo'ldi. Bu yurt olimlarining ishlari butun dunyo ilm-fanining rivojlanishiga muhim tnrtki bo'ldi. Pirovardida XVII-XVII asrlarda Evropada birinclii ilmiy jamiyatlar, akadcmiyalar paydo bo'lib, ilmiy jurnallar chop ctila boshlandi. llm-fan ijtimoiy institut sifatida vujudga kcldi. XX asrda ilm-fan keskin rivojlandi - yirik ilniiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalari lashkil topdi va zamonaviy tcxnika bilan jihozlandi. Jumladan, mamlakatimizda amaliy va yadro fizikasi ilmiy-tekshirish institutlari, kimyo va biologiya ihstitutlari, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.41 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.41 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: doc