Tabiiy energiya manbalari va ulardan foydalanish. Quyosh energiyasi, biomassalar, shamol, daryo va dengiz to'lqinlari Reja: Qayta tiklanuvchan energiya manbalari Energetika mustaqilligining uzoq muddatli istiqbollari. Quyosh energiyasi Shamol energiyasi va kichik suv oqimlardan foydalanish Biomassa energiyasi va ekologik yoqilg'ilarning boshqa turlari Geotermal resurslar salohiyati Vodorod energetikasi Yadro energiyasi Bioenergetika hozirgi holati va istiqbollari Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarur bo'lgan shunday vositalardirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta'sir etadi. Resurs so'zi fransuz tilidan olingan bo'lib, «yashash vositasi» degan ma'noni anglatadi. Resurs deganda tabiiy jismlar va foydalaniladigan energiya turlari tushuniladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, «tabiiy resurslar» tushunchasini kupgina olimlar turlicha ta'riflashadi. Masalan, geograf olimlar, akad. I.P. Gerasimov va prof. D.L. Armand tabiiy resurslarga eng tulik ta'rif berganlar: «tabiiy resurslar- kishilar bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashi uchun zarur bo'lgan xilma-xil vositalardir». Prof. Yu.G. Saushkin esa «elektr energiya olish, ozik-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin bo'lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun xomashyolarni tabiiy resurslar deb ta'riflaydi. Geograf olim A.A. Mins esa, «Tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va yo'nalishlariga karab ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo'lishni» birinchi uringa kuyadi. Bu sinflarga bo'lishda, ya'ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalanishiga karab guruhlarga ajratiladi. Shunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bulinadi. Aslida, tabiiy resurslar ikkita asosiy guruhga bulinadi: A guruhi - moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilg'i mahsulotlari, metallar, suvlar, yog'och-taxta, balik, ovlanadigan hayvonlar kiradi. V guruhi - ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va xoka'zolar kiradi. Tabiiy resurslarga ozik ovqatga ishlatiladigan yovvoyi O'simliklar va hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan ma'danlar, qurilishga ishlatiladigan yog'och taxtalar, energiya va yoqilg'i manbalari bo'lgan kumir, neft va tabiiy gazlar kiradi. Tabiiy resurslar 2 turga bulinadi. Tugaydigan tabiiy resurslar Tugamaydigan tabiiy resurslar Tugaydigan tabiiy resurslar o'z navbatida 2 guruhga bulinadi. Tiklanadigan resurslar. Tiklanmaydigan resurslar. Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo'linish i) quyidagi rasmda ko'rsatilgan. 1-rasm. Tabiiy boylik zaxirlarining tasnifi. Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga yer osti tabiiy boyliklari va foydali kazilmalar, ya'ni ma'danli va ma'dansiz kazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan million-million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday resurslarni tiklab bulmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni tejab-tergab ishlatish va ularni kazib olinayotganda yerlarga zarar yetkazilishiga yul kuymaslik zarur. Tiklanadigan tabiiy resurslarga tirik mavjudotlar, o'simlik va hayvonlar, daraxtlar shuningdek tuproq kiradi. tuproq yuk bo'lib ketmaydi, balki asosiy xossasini - unumdorligini yo'qotishi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
604.26 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
604.26 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: docx