Tabiiy muhitning inson xo'jalik faoliyati ta'sirida ifloslanishi

Tabiiy muhitning inson xo'jalik faoliyati ta'sirida ifloslanishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiiy muhitning inson xo'jalik faoliyati ta'sirida ifloslanishi - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy muhitning inson xo'jalik faoliyati ta'sirida ifloslanishi Reja: Tabiiy muxitning ifloslanish turlarini asoslash. Tabiiy muxitning ifloslanishini tasniflanishi. Eng kuchli zararli kimyoviy moddalar to'trisida tushuncha berish. Ifloslantiruvchi moddalarning tasniflanishi va umumiy ta'rifini tavsiflash. Tabiiy ob'ektlarni ifloslanish darajasini aniqlashning m'yoriy ko'rsatkichlarini tushuntirish. Me'yoriy ekolgik xujjatlar va ularni mazmuni bilan tanishtirish. Atmosfera xavosi, xo'jalik-ichimlik va madaniy-maishiy maqsadlarda suvdan foydalanish bo'yicha suv ob'ektlari, tuproqlardagi pestitsiddar va og'ir metallar mavjud bo'lishini ruxsat etilgan me'yorlari to'g'risida tushuncha berish. Tabiiy muxitning ifloslanish turlari. Tabiiy muxit insonning xo'jalik faoliyati natijasida ifloslanadi. Barcha ifloslanishlarni fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik turlarga ajratiladi. Fizik ifloslanish muxitning tabiiy parametrlarini o'zgarishi bilan bog'liq, chunonchi: issiqlik, yorug'lik, shovqun, elektromagnit, radiatsion va boshqalar. Bunda issiqlik ifloslanishi, shovkun bilan ifloslanish deb tavsiflanishi mumkin. Issiqlik ifloslanishi xavo xaroratini ko'tarilishiga olib keladi. Bu xol issiq suvni yoki xavo (tutunli gaz oqimi)ni muxitga chiqarilishi bilan bokliq. Suv xavzalariga sanoat korxonalaridan issiq suvni quyilishi natijasida organizmlarning turini o'zgarishga va suv o'tlarini guruxini vujudga kelishiga olib keladi. Sanoat korxonalari, transport, kurilish, burg'ulash, karьer maydonlarida turli darajada shovqun kelib chiqadi. Bu xol inson sog'lig'i, ayniqsa asabga kuchli ta'sir etadi. Kimeviy ifloslanish tabiiy muxitning kimyoviy xususiyatlarini o'zgarishi bilan bog'lik,, bunda xududga tashqaridan turli kimyoviy modalarning kirib kelishi va ularning o'rtacha klarkdan ortiqchaligi bilan tavsiflanadi. Misol tariqasida og'ir metallar, pestitsidlar, yuvuvchi moddalar, organik ashyolarni to'planishi muxitning ifloslanishiga ta'sir etadi. Og'ir metallar bilan ifloslanish kurg'oshin, simob, kadmiy va boshqalarni metalli detallarni ishqalanishi, korroziyasi, ichki yonish dvigatel chiqindilari, yokilg'i yonganda, avariyada to'planishi bilan bog'liq. Biologik ifloslanish inson organizmi uchun noqulay bo'lgan biomoddalarni xududa ko'payishi bilan tushuntriladi. Foydalanilayotgan ekotizimga mikroorganizmlarning kirishi bakteriologik ifloslanish deyiladi. Muxitning biologik ifloslanishi biotik (biogen) va mikrobiologik (mikrobli) guruxlaridan iborat. Ifloslanishni tasniflanishi. Sayyora miqyosidagi ifloslanish global ifloslanish deyiladi. DDT pingvin va oq ayiq organizmida topilgan. Hududiy ifloslanish ma'lum katta maydondagi o'lkaga tegishli (Orolbo'yi, O'rta dengiz, Volga xavzasi). Maxalliy ifloslanish sanoat shaxarlari, sanoat korxonalari atrofi uchun xos. Tabiat komponentlarini xam ifloslanishi kuzatilmoqda (suv, xavo, tuproq, o'simlik qoplami). Tabiiy muxitni ifloslanishida 7 mingdan ziyod kimyoviy birikmalar ishtirok etadi. Ular orasida zaxarli, mutagen (irsiy o'zgarish) va kantserogen moddalar borligi aniklangan. Bular orasida 7 ta eng kuchli zararli moddalar ma'lum: 1-xavodagi azot qo'sh oksidi (NO2), 2-xavodagi benzol (S6Nb ning organik birikmasi, sodda aromatik uglevodorod): 3-suvdagi pestitsid; 4-suvdagi nitratlar (azot ishqorining NNO3 tuzlari); 6- oziq ovqat va tuproqdagi qo'sh oksidlar; 6 - oziq ovqatlardagi polixlorlashgan difenillar (difenil S6H5 - S6H6 organik eritmada yaxshi eriydi), toshko'mirdan olinuvchi smoladagi antrotsit yog'da mavjud; 7 -tuproqdagi ishqor (NSE). Ifloslantiruvchi moddalarning tasniflanishi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.5 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.5 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga