Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar

Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar Reja: 1. GOST yoki Davlat standarti haqida tushuncha. 2. REM (PDK) haqida tushuncha. 3. Suvning tarkibi va uning me'yornomasi. 4. Antropogen ifloslanishlar. Tayanch iboralar: GOST, REM, ekologik standartlar, ionogen. 1. GOST yoki Davlat standarti haqida tushuncha Hozirgi vaqtda texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasiga qarab, inson, jonivor va o'simliklarning salomatligiga beziyon bo'lgan tabiiy muhitning holatini va sifatini belgilovchi me'yornomalar tuzilgan (u sobiq Ittifoq davrida tuzilgan bo'lib, Davlat standartlari - GOST sifatida hozirgacha mustaqil hamdo'stlik davlatlarida qo'llanib kelinadi). Sobiq Ittifoq mamlakatlarida ishlatilayotgan ekologik standartlar maxsus 17 sonli guruhga to'plangan. Unda ko'rilayotgan masalalar majmualariga qarab alohida qo'shimcha sonlar berilgan va ularning tuzilgan yili ko'rsatilgan. Masalan, suvni muhofazalash va undan omilkorlik bilan foydalanish bir majmua to'plamidagi GOST 17,1,1. 001- 77 «Asosiy atamalar va tushunchalar», GOST 17.1.3.07-82 «Suv va suv havzalarining sifatini tekshirish tartibi», GOST 17.2.3.01-77 «Aholi yashaydigan joylarni havo sifatini tekshirish tartibi» va h.k. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng ular qayta ko'rilib xalqaro me'yorlarga tenglashtirilmoqda. Mamlakatimizda amal qilinib kelinayotgan Davlat standartlariga: DS - 28-74-82 «Ichimlik suv», DS - 27-61-84 «Markazlashgan xo'jalik ichimlik suv ta'minoti manbalari» kabi standartlar mavjud. Yangi ilmiy asoslar negizida ichimlik suvlarni va vodoprovod tizimi samarali ishlashini davlat standarti bilan nazorat qilish uchun vodoprovod suvi butun vodoprovod tarmoqlarida mazkur standart talabiga javob berishi kerak. Davlat standarti bo'yicha suvning epidemiologik xavfsizligini ta'minlash uchun bevosita ko'rsatkichlar - 1 ml suvdagi saprofit mikroblar soni va ichak tayoqchasi guruxi bakteriyalarining koliindeksidan foydalaniladi. Yangi davlat standarti suvning kimyoviy tarkibiga 20 ta ko'rsatkich kiritilgan, ularning aksariyati suvning tabiiy tarkibida bo'lib, ayrimlari suvning sifatini yaxshilash maqsadida unga ishlov berishda vodoprovod inshootlarida qo'shiladi. Quyidagi jadvalda 28-74-82 raqamli yangi standart («Ichimlik suv») suv orgonoleptik xususiyatlarining ruxsat etiladigan darajada o'zgarishi me'yorlari keltirilgan. Jadval-1 28-74-82 Davlat standarti bo'yicha suv organoleptik xossalarining ta'sir etuvchi ko'rsatkichlari me'yori 2. REM (PDK) haqida tushuncha. Ekologik standartlarda, tabiiy muhit komponentlari (suv, havo, tog' jinslari) va istemol buyumlaridagi zararli moddalar miqdorining beziyon yuqori chegarasi, yani kontsentratsiyasi - meyori (PDK) ko'rsatilgan. Ularning kontsentratsiyasi standartda ko'rsatilgandan kam bo'lsa, sifatli hisoblanadi. Ulardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Standart bo'yicha insonning iste'mol qilishi uchun yaramaydigan maishiy texnik suv, dehqonchilik va chorvachilikdagi talablarga javob berishi va ishlatilishi mumkin. Havodagi zararli moddalarning yuqori kontsentatsiya chegarasi (PDK) insonning zararlangan muhitda bo'lish davomiyligiga ham bog'liq. Shunga qarab, zararli moddalarning (ish kuni davomida) ish joyidagi (PDKish), shahar va qishloqlardagi mumkinlik darajasi yuqori chegarasining qisqa muddatliligi (PDKq) va o'rtacha sutkalik (PDKs) me'yoriy miqdorlari 1 sonli jadvalda berilgan. Jadval-2 Havodagi zararli moddalar me'yoriy kontsentratsiyasining yuqori chegarasi, mgм3da. Aholi yashaydigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.58 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.58 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga