Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi

Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi Reja: Tabiiy resurs nima? Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi Tabiiy resurslardan oiilona foydalanish Tabiiy resurs deganda insonning hayoti, xo'jalik faoliyati uchun kerak bo'lgan barcha tabiiy jismlar, hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Xilma-xil tabiiy resurslar jamiyat mavjudligining asosiy manbalari hisoblanadi. «Yer» deb nomlangan kosmik kemada barcha zarur sharoitlar va fazogirlar uchun hamma kerakli mahsulotlar muhayyodir. «Yeru osmon narsalari shunday rejali tuzilganki, agar biz uni tayyorlasaydik, xoh o'zimiz uchun va xoh o'zgalar uchun, bu narsalarning hammasini tushunish u yoqda tursin, loaqal xayol ham qila olmas edik Madan konlar-chi, ular zarur bo'lganida mutaxassislar tomonidan chiqarilib, foydalanilsin deya bir sulton saroyiga qo'yilgan xazinalarga o'xshamaydimi? Nihoyat, har bir vijdon to'g'ri tushunib, bu narsalarni anglagani zahoti hayajon to'la bir ta'sirlanishdan o'zini yo'qotadi. Xaqiqatlardan biri, shubha yo'qki, mana budir: jonli dunyomizning xaritasini chizgan, baland-pastliklariga tartib bergan va Yer yuzidagi lavhalarga jadval tuzgan hamma narsadan habardor, hikmat va qudrat Sohibining qalamidir»( Nurullox, 2003) Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga ajratiladi. Tugaydigan va tiklanmaydigan resurslarga qazilma boyliklar kiradi. O'simlik va hayvonlar, tuproq, suv va ayrim mineral resurslar tugaydigan, tiklanadigan resurslar hisoblanadi. quyosh radiatsiyasi, Dunyo okeani suvlari va atmosfera havosi tugamaydigan resurslardir. Lekin okean suvlari va atmosfera havosi sifat jihatidan «tugaydigan» xususiyatga ega. Rasm. Tabiiy resurslar tasnifi T.A.Akimova va V.V.Xaskinlar bo'yicha(1998) sayyora yuzasida tabiiy resurslarni o'zlashtirishda inson tomonidan ko'chiriladigan moddalarning massasi yiliga 4 trillion tonnadan ortgan. Yer ostidan qazib olinadigan va jahon iqtisodiyoti tomonidan o'zlashtiriladigan biomassa va materiallar yiliga 120 mlrd. tonnadan ortiqni tashkil qiladi va uning faqat 7,5%idan ishlab chiqarish jarayonida zarur mahsulotlar olinadi va katta qismi chiqindi holida atrof muhitga tashlanadi. Hozirgi vaqtda Yer yuzi aholisi uchun kuniga 2 mln. tonna oziq-ovqat, 10 mln. m3 ichimlik suvi, nafas olish uchun 2 mlrd.m3 kislorod zarur bo'ladi. Ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida biosferada amalga oshayotgan jarayonlar uning yangi sifat holati-noosferaga o'tishini taqazo qiladi. Noosfera tushunchasini fransuz olimi Ye.Le-Rua(1927) kiritgan va P. Teyyar-de-Sharden tomonidan ishlab chiqilgan. Noosfera ta'limotini V.I.Vernadskiy rivojlantirgan. Noosfera deganda inson mehnati va ilmiy faoliyati ta'sirida o'zgargan va uning yashashi uchun optimal bo'lgan biosfera sharoitlari tushuniladi. XX asrning ikkinchi yarmida insonning biosferadagi jarayonlarga ta'siri umumsayyoraviy miqyosga etdi va uning barqaror muvozanat holatiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Yer yuzidagi mavjud ekosistemalarning 63%dan ortig'i o'zlashtirildi, o'zgartirildi yoki buzildi. Sayyoramizda 37% tabiiy holida saqlangan ekosistemalar mavjud va aynan shular biosferadagi barqaror muvozanat holatini ta'minlab turibdi. Bunda ekosistemadagi o'simlik va hayvon turlari yig'indisi-biota biosferada hal qiluvchi, tartibga soluvchi rol o'ynaydi. Ekosistemadagi tirik organizmlar o'zaro oziq zanjiri, modda va energiya almashinuv orqali uzviy bog'langan va undagi barqaror muvozanat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.96 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.96 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga