Tabiiy resurslar va ekologik ekspertiza asoslari

Tabiiy resurslar va ekologik ekspertiza asoslari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiiy resurslar va ekologik ekspertiza asoslari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Mineral xom ashyo boyliklaridan to'g'ri foydalanish va ularni asrash. Ekologik ekspertiza - yangi kuriladigan xo'jalik inshootlarining hayot muhitiga, tabiiy vositalarga, insonlar sogligiga kiladigan ta'siriga baho berish. Tayanch iboralar: tabiiy resurs, ekologik ekspertiza, sanoat, ishlab chiqarish, ekologik-geografik ekspertiza, Ijtimoiy taraqqiyot sharoitida jamiyatning tabiatga ta'sir ko'rsatishi mukarrardir. Tabiat insonning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini kanoatlantiradigan yagona manba hisoblanadi. Inson tabiatga ta'sir ko'rsatmasdan yashay olmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarishni va boshqa faoliyatlarni shunday tashkil etish kerakki, nafaqat odamlarning moslashuvi chegarasidan chikmasligi, balki shu bilan birga biosfera eng yaxshi holatda saqlanishi kerak. Inson faoliyatining tabiatni uzgartiruvchi mikyoslarini kursatuvchi quyidagi ma'lumotlarni keltirib utamiz. Eng sunggi taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, insoniyat yer bagridan yiliga 100 milliard tonna tog jinslari kazib oladi. XX asrning oxirlarida esa bu miqdor olti barobar ortgan. Dastlabki bashoratlarga karaganda, butun dunyo mikyosidagi sanoat ishlab chiqarishi uch marta kupayadi. Uning bunday darajada ortishi esa insoniyatning butun sivilizatsiyasi un ming yil davomida ishlatganga karaganda turt marta ko'p yangi xom ashyo ressrlarini talab etadi. Olimlarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, olingan kazilmalarni qayta ishlashda ular massasining deyarli tukson sakkiz foizi chiqindiga ajraladi va kazilmaning atigi ikki foizidan ijtimoiy ehtiyojlarni kanoatlantirish uchun foydalaniladi. hozirgi vaqtda ishlab chiqarish surati tobora ortib bormokda. qayta tiklanmaydigan mineral xom ashyolar istemoli xar uttiz yilda ikki barobar ortsa, kazib olinadigan yonilg'i miqdori esa xar un besh yilda ikki barobar kupayadi. Bugungi kunda sayyoramiz urmonlari xar dakikada 20 gektarga kamayadi. Tropik urmonlar maydoni xar yili birfoizga qisqaradi. Atmosferadagi kislorod xajmi yiliga 10 milliard tonnaga kkamayadi. XXI asrning o'rtalarida bu borada kator muammolar kelib chiqishi mumkin. hozirgi vaqtda suv, elektr quvvati, neft, moy, mineral va organik xom ashyolar, metall, kumir va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanishda kuplab isrofgarchilikka yul kuyilayotgani xech kimga sir emas. Tashish vaqtida xom ashyolar kanchalik kam yuqotilsa, tabiat shunchalik kam ifloslanadi. Masalan, kumir, kum-tsement va boshqalarni ochiq vagonlarda tashish oqibatida katta isrofgarchiliklarga yul kuyiladi, ularning malum kismi shamolda uchib ketadi. Afsuski, hozirgi vaqtga qadar dunyoning turli burchaklarida kumir va boshqa xom ashyo mahsulotlari ochiq vagonlarda tashilib, inson mehnati va mahsulotlarning bexuda sarflanishi xollari kuzatilmokda. Shuning uchun fan-texnika taraqqiyoti tabiat boyliklari, materiallar, xom ashyolar, yonilg'i va energiyadan foydalanishni tubdan yashxilashga yunaltirilishi kerak. Barcha bosqichlarda, yani kazib olish va xom ashyoni kompleks qayta ishlashdan tortib, oxirgi mahsulotni ishlab chiqarish va undan foydalanishgacha bo'lgan jarayonlarda fan va texnikaning eng sunggi yutuklaridan foydalanib ko'rish samarali natijalar beradi. Tabiiy boyliklarni tejash, xalq xo'jaligining yonilg'i, energiya, xom ashyo va materiallarga bo'lgan ortib boruvchi ehtiyojini kanoatlantirishda xal etuvchi omil hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.08 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.08 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga