Tabiiy resurslar

Tabiiy resurslar

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiiy resurslar - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy resurslar Reja: Tabiiy resurslar tasnifi. Tugamaydigan resurslar. Insonning tabiatga va tabiiy resurslarga ta'sir ko'rsatish shakllari. Tabiiy resurslar tasnifi. Tabiiy resurslar deb tabiatda mavjud bo'lgan, insonlar tomonidan yaratilmaydigan, jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish hamda xo'jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan tabiiy obyektlarga, sharoitlarga va jarayonlarga aytiladi. Tabiiy resurslar foydalanish sohasiga ko'ra ishlab chiqarish, sog'liqni saqlash, madaniy, ilmiy va boshqa resurslarga, tabiatning u yoki bu komponentlari tarkibiga ko'ra esa suv, o'rmon, mineral, energiya va boshqa resurslarga ajratiladi. Mamlakatning tabiiy resurslarga boyligi uning iqtisodini rivojlantirishning muhim shartidir, aksincha, zahiralarining kamligi yoki umuman yo'qligi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Shuni ham ta'kidlash joizki, bu qonuniyatni har doim ham tog'ri deb bo'lmaydi. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, ular joylashgan hududda mineral resurslar umuman yo'q yoki bo'lsa ham juda oz miqdorda, shunga qaramasdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va boshqalar. Bu mamlakatlarda ishchilar, muhandislar va texnik xodimlarning yuqori malakaga egaligi, fan-texnika taraqqiyoti uchun yaratilgan sharoitlar sanoatni rivojlantirishda eng muhim omillaridan hisoblanadi. O'zbekistonda 2700 dan ortiq konlar va istiqbolli rudalar mavjud bo'lib, shundan 100 ga yaqini mineral xom ashyo turlari hisoblanadi, ulardan 60 dan ortig'i ishlab chiqarishga jalb qilingan. 900 dan ortiq konlar o'rganildi, ularning aniqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Umumiy mineral-xom ashyo salohiyati 3,3 trln. AQSH dollarini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda foydali qazilmalarni qidirishning zamonaviy darajasi rangli, zo'r va noyob metallarning eng boy konlarini, organik yoqilg'ining barcha turlarini: tabiiy gaz, neft va gaz kondensati, yarim kokslanadigan va jigarrang ko'mir, uran, slanets, qurilish materiallari uchun ko'plab xom ashyo turlarini o'zlashtirish bilan bog'liq. Respublika yer osti konlarida gaz va neft konlari mavjud. Mamlakat hududining taxminan 60% ularni ishlab chiqarish uchun istiqbolli hisoblanadi. Tabiiy gazning katta maydonlari Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridadir. O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning deyarli 34 qismi Qashqadaryo viloyatiga to'g'ri keladi. Ishlab chiqarish kucharini rivojlantirish jamiyat munosbatlari xarakteri bilan belgilanadi. Ko'plab rivojianayotgan mamlakatlar rivojlanayotgan mamiakatiarni xomashyo va energiya resurslari bilan ta'minlovchi mamlakatlarga aylanib qolganlar. O'zbekiston Respublikasi o'zining moddiy boyliklari va ma'naviy salohiyatining yuqoriligi bilan boshqa mustaqil davlatlardan keskin farq qiladi. Chunki bu hudud, yuqorida aytib o'tilganidek, mamlakat rivojining muhim sharti hisoblangan yer osti va yer usti resurslariga boy. Yaponiya, Koreya, Singapur davlatlaridagi kabi yoshlarni ilm olishga bo'lgan intilishlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, eng muhimi, uzoq o'tmishdan meros bo'lib kelayotgan ma'naviy qadryatlarimiz O'zbekistonning tezlik bilan rivojlanishi uchun muhim omil bo'la oladi. Oltin, tabiiy gaz, volfram, fosforitlar, kaliy tuzlari, kaolinlar miqdori bo'yicha bizning mamlakatimiz nafaqat MDH, balki butun dunyoda yetakchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.55 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.55 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga