Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va biosferani muhofaza qilish

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va biosferani muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va biosferani muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Tabiiy resurslar. 2. Ekologik muammolar. 3. Chiqindisiz ishlab chiqarish. 4. Yopiq tarzda ishlab chiqarish Tabiiy resurslar. Jamiyat moddiy va ma'naviy ehtiyojida foydalaniladigan insonning yashashi uchun zarur bo'lgan tabiiy muhitdagi barcha narsalar tabiiy resurslar, yani tabiat boyliklari deyiladi. Tabiiy resurslar shartli ravishda tugamaydigan va tugaydigan resurslarga ajratiladi ( 10-rasm). 10-rasm. Tabiiy resurslarning turlari Quyosh energiyasi, yerning ichki issiqligi, shamol, suv, havo tugamaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Tugaydigan tabiiy resurlar qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslarga ajratiladi. Qayta tiklanadigan tabiiy resurslarga o'simliklar va hayvonat dunyosi, tuproq, ayrim foydali qazilmalar; qayta tiklanmaydigan resurlarga deyarlik barcha foydali qazilmalar (yoqilg'i, mineral xomashyolar) kiradi. Odam tabiiy resurslardan qadimdan o'z faoliyatida foydalanib kelgan. Inson yashash uchun faqat tabiiy muhitdan foydalanib qolmasdan o'zi uchun sun'iy muhit (shaharlar, qishloqlar, turar joylar, bog'lar, ekin maydonlari hordiq chiqarish joylari) ham yaratgan. Kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan tabiiy resurslardan foydalaniladigan sohalar kengayib ularning ahamiyati ortib borgan. Ekologik muammolar. 20- asrda yangi bosqichga ko'tarilgan ilmiy texnika revolyutsiyasi va yer yuzi aholisi sonining o'sishi bir-birini istisno etadigan bir necha global muammoni keltirib chiqardi. Birinchidan, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning xomashyoga talabini qondirish maqsadida qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun ekin maydonlarini kengaytirish zarurligini faqat qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer maydonlarini qisqartirish hisobidan aholi uchun zarur bo'lgan yangi uy joylar va sanoat korxonalarining qurilishi mumkinligi. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi o'z navbatida biosferaning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayib borishi bilan bog'liq bo'lgan juda muhim ekologik muammolarni paydo qildi. Insoniyat oldida paydo bo'lgan ekologiu muammolarni faqat tabiiy resurslardan ratsional foydalanish orqali hal etish mumkin. Bundan maqsad, birinchidan, tabiatdagi xilma-xillikni saqlab qolish, ikkinchidan aholi turmushini yaxshilashdan iborat, shunday qilib, tabiiy resurlardan ratsional foydalanish, tabiiy muhitni odam faoliyatining haloqatli ta'siridan saqlab qolish, insonning salomatligi, uning hayoti xavfsizligi, umuman kishilik jamiyati taqdiri bilan bevosita bog'liq bo'lgan muammo hisoblanadi. Biosfera va ilmiy texnika rivojlanishi. Biosfera va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tejamkor texnologiyaga o'tkazish bilan bevosita bog'liq. Buning uchun kuyidagilarni amalga oshirish zarur: -qazib olingan tabiiy resurslardan to'liqroq foydalanish; -istemol mahsulotlaridan qayta foydalanish; -energiyaning chiqindisiz manbalari (quyosh, suvning kinetik energiyasi, permal suvlar, shamol energiyasi) dan foydalanish; -ishlab chiqarish chiqindilarini me'yoriy chegaradan oshirmaslik. Chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish hozirgi davrda sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy talabi hisoblanadi. Bunday texnologiya xomashyodan kompleks foydalaniladigan atrof muhitni chiqindilar bilan ifloslantirmaydigan yopiq ishlab chiqarish siklidan iborat. Atmosferani muhofaza qilish. Atmosferani muhofaza qilish maqsadida qonunchilik orqali zaharli moddalarning kontsentratsiyasining sog'liqqa sezilarli ta'sir ko'rsatmaydigan me'yoriy chegarasi belgilangan. Atmosferani ifloslantirmaslik uchun yoqilgining to'g'ri yonishini ta'minlaydigan tadbirlar, ishlab chiqilgan, sanoat korxonalarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.01 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.01 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga