Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va uning xususiyatlari Reja: Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining obyektlari va subyektlari Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir deb qayd etilgan. O'zbekistonning Asosiy qonuni tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yo'li bilan hal etgan. Tabiiy resurslar boshqa mol-mulk kabi O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir. O'zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, havo xavzasiga nisbatan mulk huquqi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risida gi, Yer kodeksida va tabiiy resurslar to'g'risidagi boshqa qonunlarda belgilangan. Mulk huquqi tabiiy resurslarni kimga tegishliligini va mulkdorlarning tabiiy resurslarga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi mulkiy huquq obyektlarini egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namoyon bo'ladi. Tabiiy resurslarga yer, suv, yer osti boyliklar, o'simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Ekologiya huquqi obyekti bo'lib, faqat tabiiy obyektlar hisoblanganligi sababli ekologik qonun hujjatlari bilan faqat tabiiy holatdagi obyektlarga mulkchilik munosabatlari tartibga solinadi. Masalan, O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunning 1-moddasiga va Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunning 1-moddasiga muvofiq tabiiy sharoitda o'sadigan o'simlik va tabiiy erkinlik holatida yashaydigan yovvoyi hayvonlar yuzasidan vujudga kelgan munosabatlar mazkur qonunlar bilan tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy resurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq yer, yer osti boyliklar, suv, havo xavzasi bo'shlig'i, o'simlik va hayvonot dunyosi Respublika mulki hisoblanadi. Ushbu kodeksning 17O- moddasi yerga va boshqa tabiiy resurslarga bo'lgan mulk huquqi Fuqarolik kodeksi bilan birgalikda boshqa qonunlarda ham belgilanishini ko'zda tutadi. Bundan tashqari, tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik masalasi Yer kodeksining 16 va 18-moddalarida, Yer osti boyliklar to'g'risidagi, Suv va suvdan foydalanish to'g'risidagi, O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunlarning 3-moddasida, O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risidagi qonunning 19-moddasida mustahkamlangan. O'zbekistonda faqat ayrim hollarda, yani Yer kodeksining 18-moddasida ko'zda tutilgan yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo'lishi mumkin. Mulkchilik huquqi institutidagi ekologik va iqtisodiy belgilar o'zaro bog'liqdir. Yerni bir joyda ko'chmas mulq boshqa joyda esa bizni o'rab turgan tabiiy muhitning tarkibiy qismi deb atash mumkin. Bir obyektda ham ekologiq ham iqtisodiy belgilarning omuxta bo'lib kelishi bu institutni xarakterlaydigan bir qator yangi, qo'shimcha belgilarni, yani moddiylashtirilganlik, bebaho kabi belgilarni paydo qiladi. Atrof muhitning tarkibiy qismi bo'lsalarda, o'zlarining obyektiv sifatlariga ko'ra o'zlashtirish yoki mulkka aylantirish ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.94 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.94 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:47 ]
Arxiv ichida: doc