Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklashning asosiy tamoyillari Insonning atrof muhit bilan o'zaro ta'siri tabiatdan foydalanish tizimi bilan, ya'ni tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish hamda qayta tiklash (takror barpo qilish) muammolari bilan bog'liq. Tabiiy resurslarning turli xillari bir - biridan nafaqat xo'jalikning muayyan tarmog'iga foydalanish sajiyasiga, balki ularni muhofaza qilish uchun qo'llaniladigan tadbirlarga ko'ra ham farq qiladi. Barcha tabiiy resurslarni ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanishning asosiy tamoyillaridagi tafovutlarga ko'ra uchta guruhga tiklanadigan, tiklanmaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarga ajratish mumkin. Tabiiy resurslarning tiklanadigan guruhini ulardan foydalanish jarayonida o'rni to'lib boradigan, qayta tiklana oladigan resurslar hosil qiladi. Bu guruhga mansub bo'lgan resurslar, shuningdek, maxsus tadbirlar o'tkazilganda qayta barpo qilishi mumkin. Tiklanadigan tabiiy resurslarga o'simlik va hayvonot dunyosining (biologik) resurslari va shuningdek, tuproq resurslari mansubdir. Tiklanadigan resurslar qulay ekologik sharoitlarda o'zlari qayta tiklandi va ko'payadi hamda ularga yetkazilgan zararni qoplash imkoniyatiga ega. Shu sababli bu guruhli mansub bo'lgan resurslarni muhofaza qilishdagi tashkil asosiy vazifani resurslarni o'z - o'zini tiklash imkoniyatlarini ta'minlash tashkil etadi. Tiklanadigan tabiiy resurslarni nuhofaza qilish ulardan foydalanishni me'yorlashtirish asosida ta'minlanadi. Foydalanishning mumkin bo'lgan ko'lamlarining me'yori tabiiy resurslarning har bir turi uchun biologik xususiyatlariga (muayyan geografik hudud doirasida) belgilanishi lozim. belgilangan me'yor resursning qayta tiklanishi uchun zarur bo'lgan kichik qismini saqlab qolishni ta'minlay olishi kerak. Masalan, ovlanadigan hayvonlarning zaxiralarini to'ldirib borish va qayta tiklash uchun ularning populyasiyasidagi ma'lum miqdorini saqlab qolish zarur. Tabiiy resurslarni qayta tiklash sharoitlarini e'tiborga oladigan ilmiy jihatdan belgilangan me'yorni mos holda ulardan foydalanish miqdori va sur'ati rejalashtirilishi lozim. bunday holda rejalashtirish tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishda muhim iqtisodiy --ekologik tadbir bo'ladi. Ilmiy asoslangan me'yorlarga amal qilish tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanishni rejalashtirish - ularni muhofaza qilishning eng muhim shartidir. Tabiatni maqsadli ravishda o'zgartirish uchun qo'llaniladigan maxsus tadbirlarni tashkil etishda ham tiklanadigan resurslarning kengaytirilgan takror barpo qilinishi ta'minlanishi mumkin. Tiklanmaydigan tabiiy reusrlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tamoyillari o'ziga xos. Masalan, foydali qazilmalar konlaridan oqilona foydalanishning eng muhim vazifalardan biri ulardan imkoni boricha to'liq tugallanganiga qadar foydalanishni tashkil etishdir. Hozirgi texnologik sharoitlarda foydali qazilmalar konlardan to'liq qazib olinmaydi. Masalan, neftning 60 - 70% iga qadar yer bag'irlarida qolib ketadi. Tabiiy gazni qazib olish koeffisiyenti esa 80 - 85% dan oshlaydi. Yer bag'irlarida qora metall ma'danlari zaxiralarining 25% i, rangli metal ma'danlari zaxiralarining esa 20% i qolib ketadi. Foydali qazilmalarni qazib olishda qo'llaniladigan texnologik metodlardagi kamchiliklar katta miqdordagi xom ashyoning yo'qotilishiga foydali qazilmani qazib olish nihoyasiga yetkazilmagan konlarni tashlab ketish va muddatidan avval yangi konlarni o'zlashtirishga kirishishga ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.45 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.45 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:47 ]
Arxiv ichida: doc