Tabiiy xavfli jarayonlar va ularning atrof-muhitga salbiy ta'siri Reja: Yerning ichki kuchlariga bog'liq xavfli jarayonlar. Yer qimirlash (zilzila). Xavfli zilzilalar sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hududlar. Tashqi muhit va tajovuzkor (agressiv) omillar. Tayanch iboralar: Epitsentr, vulqon jarayoni, radial kuchlar, tangentsial kuchlar, paleogen davri, ekzogen, tektonik zilzila. 1. Yerning ichki kuchlariga bog'liq xavfli jarayonlar. Tabiiy jarayonlar, ularni vujudga kelishi, rivojlanishi, barham topishi planetamizning, Respublikamizning u yoki bu hududlarining geologik va geomorfologik tuzilishi, iqlim va geografik sharoitiga chambarchas bog'liq. Bu jarayonlar insonning muhandislik faoliyatisiz, faqatgina tabiiy omillar ta'sirida sodir bo'ladi. Bu jarayonlarga Yerning ichki energiyasi hisobiga vujudga keluvchi hodisalar, ya'ni zilzilalar, vulqon hodisalari va boshqalar, Yerga tashqaridan ta'sir etuvchi energiya hisobiga vujudga keluvchi tog' jinslarining nurashi, so'rilishi, qulashi, sel oqimlari, tuproqlarning shamol ta'sirida yemirilishi, g'orlarning hosil bo'lishi va boshqa jarayonlar kiradi. Yana shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, yuqorida qayd etilgan jarayonlarning ko'pchiligi insonning muhandislik faoliyati natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Yer qa'rida yuz beradigan turli jarayonlar natijasida yuzaga keluvchi kuchlar ta'sirida Yer qobig'i qatlamlarining harakatga kelishi, siljishi, yotish holatining o'zgarishi tog' jinslari qatlamlarida uzilishlarni yuzaga keltiradi. Bu hodisalarni yuzaga keltiruvchi kuchlar tektonik harakatlar deb ataladi. Tektonik kuchlar tog' jinslariga ikki yo'nalish bo'yicha ta'sir etadi: Radial - tog' jinslari qatlamlariga nisbatan tik yўnalishda bўlib, bu ta'sir ostida tog' jinslari qatlamlarida uzilishlar vujudga keladi va u yer sathining ko'tarilishiga, ba'zi yerlarning cho'kishiga sabab bo'ladi. Tog' jinslari qatlamlariga bo'ylab ta'sir etuvchi kuchlarga tangensial kuchlar deyiladi. Bu kuchlar ta'sirida tog' jinslari qatlamlari bukiladi, burmalar hosil bo'ladi. Tangensial kuchlarning miqdori radial ta'sir etuvchi kuchlarga qaraganda bir necha marotaba kattadir. Tektonik kuchlar ta'sirida yuzaga keluvchi harakatlar orogenik yoki tog' hosil qiluvchi harakatlar deb ataladi. Umumiy, geologiya fanidan bizga ma'lumki, Yer planetasi tarixida (Rifey davridan keyin) 3 ta tog' hosil qilish jarayonlari kuzatilgan. Bular: koledon, gertsin hamda eng yoshi alpdir. Alp tog' hosil bo'lish jarayoni paleogen davri oxirlaridan boshlanib, hozirgi kungacha davom etmoqda. Tektonik harakatlar yer qimirlash (zilzila)larni, vulqon hodisalarni hamda yer yuzasida yuz beradigan ekzogen jarayonlarning sodir bo'lishida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. 2. Yer qimirlash (zilzila). Birinchi marotaba oyoq ostidagi zaminning silkinishi har bir insonda «Bu nima ekan? Nega bunday bo'ldi?» - degan savolni uyg'otadi. Hozirgi kunga kelib, ko'p yillik geologik qidiruv ishlari natijasida Yer kurrasining tuzilishini va zilzila sabablarini ilmiy asoslashga imkoniyat tug'ildi. Zilzila yuzaga kelishi sabablariga ko'ra quyidagicha bo'lishi mumkin: tektonik zilzilalar; vulqon zilzilalari; ag'darilish, o'pirilish (denudatsion) zilzilalari; texnogen (insonning injenerlik faoliyati bilan bog'liq) zilzilalar. Yuqorida qayd etilgan zilzila turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.36 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.36 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:47 ]
Arxiv ichida: doc