Tashqi muhit omillari va ularning tirik organizmga ta'siri

Tashqi muhit omillari va ularning tirik organizmga ta'siri

O'quvchilarga / Ekologiya
Tashqi muhit omillari va ularning tirik organizmga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Reja: muhit va uni hosil qiluvchi omillar haqida tushuncha. Omillar klassifikatsiyasi: abiotik, biotik, antropik omillar haqida. muhitni o'zgarishi. muhit omillari. Ularni tirik organizmlarga ta'sir etish qonuniyatlari. muhit - organizmni urab turuvchi xamma omillar bo'lib, ular tirik organizmlarni holatiga, o'sishiga, rivojlanishiga, kupayishiga va boshqa xususiyatlariga bevosita yoki bilvosita ta'sir etadi. muhit omillari anorganik yoki organik tabiatga ega bo'lishi mumkin, ayniqsa, inson faoliyati tufayli. Bazi omillar organizm uchun zarur bo'lishi, bazilarini ahamiyati bulmasligi, bazilari esa zararli ta'sir etishi mumkin. Masalan: ko'p hayvonlar uchun ovqat, kislorod, suv va boshqalar juda zarur. Yoki xasharotlar uchun optimal harorat zarur, past yoki yuqori harorat zararli ta'sir etadi. muhitdagi har xil taccurotlar organizmga ijobiy yoki salbiy ta'sir etadimi xammasini ekologik omillar deyiladi. Tabiatda bular bir-biridan ajralgan holda emas, kompleks holda ta'sir etadi. Kompleks ekologik omillarni organizmni yashash sharoiti deyiladi. har xil organizmlar bir xil omillarga har xil ta'sirlanadi. Xar bir tur organizm uchun o'ziga xos yashash sharoiti bo'lishi kerak. Masalan, saxro va chullarda yashovchi o'simlik va hayvonlar uchun yuqori harorat va past namlik kerak. Tundrada yashovchilar yuqori namlikni yoktirib, past haroratni erkin o'tkazadi. Suvda yashovchilar suvni tuzlanishini kontsentratsiyasini (chuchuk va shur suvda) har xil o'tkazadi. Yani bazilar chuchuk suvni yoktirsa, bazilar shur suvni afzal kuradi. Buning sababi ularni tarixiy kelib chiqishidadir. Shunga karab har xil muhitda o'ziga xos o'simliklar yoki hayvonlar dunyosi shakllangan. Omillar klassifikatsiyasi. Tabiatdagi xilma-xil omillar 3 ga bulinadi: abiotik, biotik, antropik. Abiotik omillar - bu kompleks anorganik omillardir. Bular kimyoviy va fizikaviy omillarga bulinadi. Kimyoviy omillarga atmosfera havosini suv va tuproqni kimyoviy tarkibi kiradi; fizikaviy yoki iqlimiy omillarga harorat, bosim, namlik, shamol, yorug'lik, radiatsiya va boshqalar. Yer yuzasining relefi iqlimni yoki abiotik omillarini ta'siri va kuchini o'zgarishga katta rol uynaydi. Bu o'z navbatida o'simlik va hayvon hayotiga ta'sir etadi. Organizmlarni soni ularni hayoti uchun muhim bo'lgan omillarga bog'liq. Masalan, saxro sharoitida suvni bo'lishi, suvda yashovchilar uchun suvda erigan kislorodni miqdorini etarli bo'lishi. muhitni biotik omillari - bu bir guruh tirik organizmlarni boshqasiga ta'siri. Bu har xil xarakterga ega bo'ladi. Bazi organizmlar boshqalari uchun ovqat manbai bo'lib xizmat qiladi. Masalan, fitofag hayvonlar uchun o'simliklar; bazi hayvonlar - yirtkich hayvonlar uchun ovqat hisoblanadi. Yashash uchun muhit bo'lib, masalan, tekinxurlar uchun ularning xujayinini tanasi xizmat qiladi. Biotik omillar nafaqat bevosita bilvosita, yani tashqi muhit orqali xam ta'sir etadi. Masalan, bakteriyalar tuproq tarkibiga, urmonda mikroiqlimni hosil bo'lishida. Antropik omillar. Inson doimo tirik organizmlarga ta'sir etgan. qadimgi va hozirgi Saxroi Kabir, Gobi saxrosi urmonlari kirkilib hayvonlarini eb yuborilganligi tufayli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.13 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.13 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga