Tashqi muhit omillari

Tashqi muhit omillari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tashqi muhit omillari - rasmi

Material tavsifi

Tashqi muhit omillari Reja: Tashqi muhit bilan organizmning birligi. Ekologik omillar: biotik, abiotik, antropogen. Biotik omillar va ularning organizm uchun ahamiyati. Antropogen omillar. Tayanch iboralar: Tashqi muhit, ekologik omil, cheklovchi omil, minimum qonuni, tolerantlik, evriterm, stenoterm, ekologik taxmon, antropogen omil, trofik aloqa, topik aloqa, forik aloqa. 1. Tashqi muhit bilan organizmning birligi. Tashqi muhit bilan organizm uzviy bog'langan bo'lib usiz organizm yashay olmaydi. Tashqi muhitdan organizm birinchidan ozuqa oladi, ikkinchidan organizmning yer yuzasida tarqalishi ham ularning tashqi muhit sharoitlariga chidamliligiga (moslashganligiga) bog'liqdir. Issiq va quruq iqlim sharoiti organizmlarning yashashini chegaralaydi, xuddi shunday har qanday organizm ham shimolning sovuq iqlim sharoitlarida yashay olmaydi. Tirik organizmlarning shakli va vazifalari ham tashqi muhitga bog'liqdir. Masalan, suvda yashovchi baliqlarning shakli, tuzilishi va muhitga moslashishi yoki havo tarkibidagi kislorodning 21 % bo'lishi tirik organizmlarda bo'ladigan modda almashishi jarayoni tezligining eng yuqori cho'qqisini belgilaydi. Xuddi shunday issiq vaqtlarida o'simlik va hayvon organizmlarini sovutish maqsadida ularning tana yuzasidan bo'ladigan bug'lanishlar hamda issiqlikni tarqatish hodisalari organizimlarning aktivlik faoliyatini chegaralaydi. O'z navbatida organizimlarning faoliyati ham tashqi muhitga ta'sirini ko'rsatadi. Biz insonlar va barcha tirik organizimlar nafas oladigan kislorod odatda yashil o'simliklarda bo'ladigan fotosintez jarayonida ajralib chiqadi. Daslabki vaqtlarda okeanda yashil o'simliklar hali bo'lmagan vaqtlarda atmosferada kislorod bo'lmagan va atmosfera tarkibida metan (SN4) ammiak (NN3), suv bug'lari (N2O) va vodorod (N2) bo'lgan. Quyosh energiyasidan foydalanuvchi dastlabki yashil o'simliklar okeanlarda paydo bo'lgandan so'ng atmosfera tarkibida kislorod paydo bo'la boshlagan. O'simliklar tuproq xususiyatiga ham o'zining ta'sirini ko'rsatib turadi. O'simlik ildizlari tuproqning hatto eng kichik yoriqchalariga kirib borib jinslarni maydalashga olib keladi. Bakteriyalar va zamburug''lar esa, tog' jinslarini nuratib tuproqning hosil bo'lishini tezlashtiradilar. zamburug''lar oziqa mineral moddalarini parchalaydigan kislotalar ajratadilar, parchalangan mineral moddalar jinslardan yuvilib, ularning yanada emirilishini tezlashtiradi. O'simliklarning chiriyotgan qismlari ham kislotalar ajratadi, jinslarning kimyoviy nurashini jadallashtiradi. Bularning hammasi tuproqning kimyoviy tarkibini va strukturasini o'zgartirishi mumkin. Hayvonlar ajratib chiqargan ekskrimentlari yordamida, tuproqni tuyoqlari bilan maydalab, yerda uy va har xil yo'llar yasab tuproq hosil qilish jarayonida ishtirok etadilar. Yuqori o'simliklarning ildizlari tuproqqa yopishib olib, ularni kuchli shamol va suv erroziyasidan asrashda muhim rol o'ynaydilar. O'simliklar suvlarning yer yuzasidagi harakatiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi, chunki yog'ingarchilik ko'p tushadigan joylarda suv o'sha yerda to'planib qolmasdan, uning bir qismi tuproq yuzasidan oqib ketadi yoki yerga shimiladi va yer osti suvlarga qo'shiladi, qolgan qismi tuproq yuzasidan va o'simlik barglari orqali bug'lanadi. Shu hodisalar bo'lmaganda edi Nyu-York shahri 60 m chuqurlikdagi suv ostida qolib ketgan bo'lar edi. Barglari har yili to'qilib turadigan o'rmonlar barglarining umumiy maydoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.16 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.16 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga