Tirik organizmlarning o'zaro munosabatlari va uning asosiy shakllari

Tirik organizmlarning o'zaro munosabatlari va uning asosiy shakllari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tirik organizmlarning o'zaro munosabatlari va uning asosiy shakllari - rasmi

Material tavsifi

Tirik organizmlarning o'zaro munosabatlari va uning asosiy shakllari Reja: Hayvonlarning simbioz holda yashashidan kelib chiqadigan munosabatlar shakllari. Mutualizm va uning mohiyati. Kommensalizm va uning asosiy ko'rinishlari. Foreziya va yirtqichlik. Tabiatda tirik organizmlar orasida turli-tuman munosabat shakllari mavjuddir. Lekin ushbu munosabat shakllari bir-biriga shunchalik o'xshab ketadiki, hatto ular orasiga aniq chegara qo'yish juda qiyindir. Tirik organizmlarning o'zaro birga yashash jarayonini tushuntirish maqsadida belgiyalik botanik de Bari (1879 y) simbioz so'zini taklif etadi va ushbu atama qo'llanilganda, albatta, ikki turga mansub bo'lgan organizmlarning birga yashashi tushunilishi lozimligini ta'kidlaydi. Lekin ayrim biologlar, masalan, O.Gertvich (1906 y) simbiozni ikki tur organizmlarining o'zaro bir-biriga foyda keltirib yashashi tushunilishi lozim deb, atamaning asosiy, dastlabki ma'nosini noto'g'ri talqin qilinishiga sababchi bo'ladi va hozirgi vaqtda ham ayrim adabiyotlarda bunday tushuncha o'z aksini topib kelmoqda. Aslini olganda simbioz atamasining mohiyati birinchi bo'lib de Bari tomonidan qanday talqin qilingan bo'lsa, shundayligicha qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Turli organizmlarning birga yashashi jarayonida ular orasida namoyon bo'ladigan munosabatlarning asosiy ikki guruhi farq qilinadi. Uning birinchi guruhi antogonistik, ya'ni qarama-qarshi munosabat bo'lsa, ikkinchisi mutualistik, ya'ni keng ma'nodagi o'zaro bir-biriga yordam berib yashash munosabatlari guruhi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar orasida mavjud bo'lgan simbiotik munosabatlarni besh turga, ya'ni mutualizm, kommensalizm, foreziya, parazitizm va yirtqichlik kabilarga ajratish mumkin. Ushbu munosabat turlarining birinchi to'rt shakli so'zsiz simbioz mohiyatini bevosita aks ettiradi. Munosabatlarning yirtqichlik shakli esa simbioz uchun xos bo'lgan xususiyatlardan biroz chetga chiqadi. Shuning uchun yirtqichlikni simbiozning maxsus o'ziga xos bo'lgan turi deb qarash kerak. Mutualizm lotincha mutuus - o'zaro, ikki tomonlama ma'nolarini anglatsa, fransuzcha mutualite - o'zaro foyda keltirish, bir-biriga muhtoj degan ma'nolarni anglatadi. Mutualistik munosabatda bo'lgan simbiontlar orasidagi bog'liqlik ba'zan shunday darajaga yetib boradiki, o'zaro birga yashovchi ikki tur organizmlari biri ikkinchisisiz, mustaqil yashashga layoqatsiz bo'lib qoladi. Mutualistik simbiozga klassik misol qilib lishaynikni ko'rsatish mumkin. Ushbu o'simliklar aslida suv o'tlari bilan zamburug''larning simbioz holda yashashidan paydo bo'lgan uchinchi bir yaxlit organizm hisoblanadi va undagi suv o'ti va zamburug''ni ajratib alohida saqlasak, mustaqil ravishda yasholmaydi, chunki ushbu simbiontlar bir-birini fiziologik jihatdan to'ldiradi. Tirik organizmlar orasidan mutualistik simbiozga yana juda ko'p dalillar keltirish mumkin. Masalan, zohid (darvesh) qisqichbaqa bilan aktiniyaning o'zaro bir-biriga yordam berib yashashi mutualizmga klassik misol bo'la olishi mumkin. Aktiniya qisqichbaqa joylashgan chig'anoq ustiga o'rnashib oladi va qisqichbaqaning ko'chib yurishi tufayli aktiniya ham o'z joyini almashtirib turish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu esa uning ko'p oziqa topishi uchun qulaylik tug'diradi. Aktiniya esa o'z navbatida o'zining zaharli otiluvchi hujayralari yordamida qisqichbaqani dushmanlaridan himoya qilishda faol ishtirok ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.15 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.15 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga